|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 309/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INDIVIDUAL SUG‘URTA — turli xil shaxsiy sug‘urta. Guruh sug‘urtadan farqli o‘laroq I.s. shartnomalari sug‘urta qiluvchi tomonidan aniq jismoniy shaxslar bilan individual tartibda tuziladi.
INDIVIDUAL XUSUSIY MULK – bu mulk sharoitida boylikni o‘zlashtirish alohidalashgan holda, ayrim mulkdor tomonidan amalga oshiriladi.
INDIGENAT (fr.) (indijinat) — 1. Xalqaro shartnomalar tomonidan ko‘zda tutilgan huquqlardan foydalanish; 2. Mavjud davlat fuqaroligi; masalan, Fransiya tomonidan sobiq Fransiya mustamlakalari aholisiga beriladigan maxsus huquqiy maqom.
INDOSSAMENT (nem. indossament) – 1) vekselning orqa tomoniga uning boshqa shaxsga mulk sifatida topshirilayotganligi to‘g‘risidagi ustxat (yozuv). Ushbu yozuvga ko‘ra veksel bo‘yicha to‘lov veksel sohibiga (ushlab turuvchi) to‘lanishi lozimligi qayd etiladi. Vekselda ustxat qancha ko‘p bo‘lsa veksel sohibi oldidagi qarzdorlar, veksel uchun mas’ul shaxslar shunchalik ko‘p bo‘ladi. Indossamentning quyidagi turlari mavjud: to‘liq – veksel yuzasidan pul to‘lovi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan shaxs to‘liq ko‘rsatilgani holda ustxat yoziladi; blank asosidagi – veksel o‘tkazilayotgan shaxs haqida hech qanday ma’lumot ko‘rsatilmagan holda ustxat yozib beriladi; muayyan shartni ko‘zda tutuvchi – mazkur shart bajarilgan taqdirdagina to‘lovlar amalga oshirilishi lozimligi haqida ustxat yozilgan veksel; cheklangan – ya’ni indossantni (ustxat yozib beruvchi) mas’uliyatdan ozod etmaydigan, unga kafolat bermaydigan; nomlangan – ya’ni veksel bo‘yicha huquqlar o‘tkazilayotgan shaxs ko‘rsatilgan holdagi; muomalasiz ya’ni veksel yuzasidan to‘lovlarning kelib tushish-tushmasligi uchun veksel beruvchini mas’uliyatdan ozod etuvchi. Bunday veksellarga “menga qaytib kelmaslik sharti bilan” deb yozib qo‘yiladi. Vekselning orqa tomonida ustxat yozish uchun joy qolmagan bo‘lsa (bir necha ustxatlar yozilganligi tufayli), ammo veksel sohibi uni boshqa shaxsga o‘tkazishni hohlasa, u holda vekselga indossament yozuvlari yozishga mo‘ljallangan qo‘shimcha varaq (allonj) biriktirib qo‘yiladi; 2) I. (jiro) (nem., lot.) — veksel, chek va h.k. larning orqa qismida o‘tkazilgan yozuv bo‘lib, bu ushbu hujjat bo‘yicha huquqning boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlaydi. Veksel orqasida indossant imzosi blankali o‘tkaziladigan yozuv deb ataladi. Agarda u vekselni indossirovat qilsa, bu quyidagicha bo‘ladi: “X.u. shaxsga to‘lansa yoki uning qarori bajarilsa” u holda bu nomiga berilgan — o‘tkaziladigan yozuv hisoblanadi. Ushbu o‘tkaziladigan yozuvlar o‘rtasidagi farq quyidagini o‘z ichiga oladi. Birinchi holatda indossator vekselni oddiy topshirish yo‘li bilan muomalaga kiritishi mumkin, ikkinchi holatda esa X.u. shaxslar imzosi har qanday keyinga o‘tkazish uchun zarurdir. Agarda o‘tkaziladigan yozuvda “faqat X.u. shaxsga to‘lansin” deb qo‘shimcha qilinsa, unda indossament cheklangan bo‘ladi va hech qanday vekselning keyingi muomalasi mumkin bo‘lmaydi. Vekselning egasi har vaqt o‘tkazuvchi bank yozuvini nomiga yozishga aylantirishi mumkin. Bu veksel imzosi ustiga indossant ko‘rsatmasi bilan vekselni indossantning o‘ziga yoki qandaydir boshqa shaxsga to‘lansin degan ko‘rsatmasini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Cheklangan I. o‘zgarishi mumkin emas. “Oborotsiz” degan so‘z orqali indossant veksel bo‘yicha o‘z mas’uliyatini istisno qiladi. Indossator shunday vekselni qabul qilishdan erkin voz kechishi mumkin.
|
| |