• INJINIRING
  • INFLYATSIYA RISKI (lot.)
  • INFRAKSIYA (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet311/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INFLYATSIYA DARAJASI – ma’lum vaqt ichida (oy, yil) kamida 300 ta tovar va xizmatlardan tashkil topgan ista’mol savati bo‘yicha narxlar darajasining foizdagi o‘zgarishi.
    INFLYATSION FARQ – yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori.
    INFLYATSION RISKLAR — inflyatsiya o‘sishi sharoitida pulli daromadlar o‘sishiga qaraganda tezroq baholanib turiladi.
    INJINIRING — xarid qilingan yoki ijaraga olingan mashina va uskunalarni montaj qilish, ishlatish uchun zarur bo‘lgan texnologik bilimlarni taqdim etish.
    INJINIRING FIRMASI — tijorat qoidalariga asoslangan muhandislik-maslahat xizmatlari: ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib ishga tushirish yuzasidan maslahat berish bilan shug‘ullanuvchi firma.
    INFLYATSIYA RISKI (lot.) — 1)qimmatli qog‘ozlardan investorlar tomonidan yuqori inflyatsiya riskida olinadigan daromadlar o‘sishga nisbatan tez qadrsizlanadi va investor real talafotlar ko‘radi. Jahon amaliyotida inflyatsiya riskini kamaytirish usullari yetarlicha ko‘p ishlagan bo‘lsada, inflyatsiyaning yuqori darajasi qimmatli qog‘ozlar bozorini ishdan chiqarishi oldindan qayd qilingan; 2) I.r. (lot.) —qimmatli qog‘ozlardan investorlar tomonidan yuqori inflyatsiya riskida olinadigan daromadlar o‘sishga nisbatan tez qadrsizlanadi va investor real talafotlar ko‘radi. Jahon amaliyotida inflyatsiya riskini kamaytirish usullari yetarlicha ko‘p ishlagan bo‘lsada, inflyatsiyaning yuqori darajasi qimmatli qog‘ozlar bozorini ishdan chiqarishi oldindan qayd qilingan.
    INFRAKSIYA (lot.) — 1) shartlar, shartnoma va kontraktni buzish; 2)tomonlardan birining shartnomada belgilab qo‘yilgan shartlarni buzishi.
    INFRATUZILMA (infrastruktura) (inglizcha – infrastructure) – 1) ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish shart- sharoitini ta’minlovchi tarmoqlar majmui. Ishlab chiqarishni enargiya bilan ta’minlash, transport, aloqa, informatika va boshqalar ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Aholining turmush tarzini ta’minlovchi uy-joy, sog‘liqni saqlash muassasalari, o‘quv yurtlari, fan va shu kabi sohalar ijtimoiy I.ni tashkil qiladi. 2) tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari komplaksi: yo‘llar, aloqa, transport, maorif, sog‘liqni saqlash; 3) ishlab chiqarish jarayonini va sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan moddiy ishlab chiqarish va moddiy bo‘lmagan ishlab chiqarish tarmoqlari, faoliyat sohalari majmui. Ishlab chiqarish infrastrukturasi va ijtimoiy infrastruktura mavjud. Ishlab chiqarish infrastrukturasi energiya ta’minoti, ichki ishlab chiqarish transport aloqasi, aloqa va boshqa tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy infrastruktura ishchi kuchining mavjud bo‘lishi va takror ishlab chiqarilishiga qaratilgan sharoitlarni: uy-joy ta’minoti, sog‘liqni saqlash, maorif va boshqa ob’ektlarni qamrab oladi; 4) ishlab chiqarish va kishilar hayotiy faoliyati umumiy shart-sharoitini ta’minlovchi o‘zaro bog‘langan xo‘jalik tarmoqlari kompleksi. Ishlab chiqarish va sotsial farq qiladi. Chet el matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra Fransiyaning Albervilli shahrida yo‘l qurilishi (ishlab chiqarish infratuzilmasi) taxminan 4 mlrd. frankka tushgan. Sport inshootlari va boshqa olimpiada ob’ektlari qurish (sotsial infratuzilma) Savoyya departamentida ishsizlik darajasining to‘rtdan sakkiz foiz pasayishiga olib kelgan.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.