|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 312/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INFRATUZILMA KORXONALARI - ishlab chiqarish sharoitini ta’minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari majmui. Bularga quyidagilar kiradi: yo‘llar, aloqa, transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, elektr ta’minoti.
INJINIRING – 1) chet ellik buyurtmachi bilan tuzilgan kontrakt asosida loyihalash, injenerlik-qidiruv ishlarini, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, texnikaviy vazifalar tuzish, sanoat va boshqa ob’ektlarini qurish yuzasidan loyiha takliflarini, texnikavikaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlash, texnikaviy hujjatlarni tuzish, texnika va texnologiya ob’ektlarini loyihalash va konstruktorlik ishlarini bajarish, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa masalalarga maslahatlar berish hamda boshqa ishlarni bajarishni o‘z ichiga oladi; 2) I. ishlab chiqarish korxonalari, birlashmalar, bozor infratuzilmasi ob’ektlarini tuzish bo‘yicha muhandislik xizmatlari. Ular dastlabki tadqiqotni o‘tkazish, texnikaviy-iqtisodiy asoslashni va loyiha hujjatlari to‘plami tayyorlash hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, uskunalardan foydalanish va tayyor mahsulotni sotish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish kabi kompleks ishlarni o‘z ichiga oladi. I. mustaqil maslahat beruvchi (yoki injener maslahatchi) firmalar hamda yirik qurilish va sanoat firmalarining ushbu maqsadlar uchun tuzilgan bo‘limlari va xizmatlarini bajaradi. U yoki bu injiniring xizmati ko‘rsatishga muhtoj bo‘lgan korxona mutaxassis (injener rezident) yoki ular guruhlarini bajarishga tegishli bo‘lgan ishlarning ko‘lami, murakkabligi, qiyinligi va qiymatini baholash uchun yo‘naltiradigan tegishli injiniring firmasiga murojaat qiladi.
INJINIRING FIRMALARI - ichki va xalqaro bozorlarda injiniring xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashgan korxona, firmalar. Bu firmalar bir korxona, kompaniya faoliyati bilan chaklanmaydi. Ular turli tarmoqlarda xizmat ko‘rsatishlari, ko‘p ta’minotchilar va pudrat firmalari bilan aloqa qilishlari mumkin.
INKASSO – 1) bankining o‘z mijozi topshirig‘iga ko‘ra hisob-kitob hujjatlari asosida unga tegishli bo‘lgan pul summasini tovar yetkazib berilgan (xizmat ko‘rsatilgan) korxona bank raqamidan undirib olib o‘z mijozi hisob raqamiga o‘tkazishga qaratilgan hisob operatsiyasi; 2) I. (ital.) — bank tomonidan har xil hujjatlar bo‘yicha o‘z mijozlari nomidan va hisobidan ular tomonidan berilgan material va tovar qiymatliklari hamda vositalari va ko‘rsatilgan xizmatlari uchun pul olishni o‘z ichiga oluvchi bank operatsiyasi turi. Bu pul keyin o‘z mijozlari hisobiga o‘tkaziladi. Hujjatlarda xarakteri bo‘yicha I. sof pul o‘tkazuvchi va oddiy veksellar, cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari I. (hujjatlar yoki muddatli tijorat hujjatlari hisoblari, har xil sertifikatlar, jo‘natilgan va sug‘urta hujjatlari va h.k.)tashqi savdo hisob-kitoblari nuqtai nazaridan tovar hujjatlari. I. katta qiziqish uyg‘otadi, bunda eksportyor tovarni tanlab jo‘natgandan keyin zarur hujjatni to‘ldiradi va uni bankka beradi. Bunda eksportyor to‘lash uchun qachon hujjatlar berish, ular importyorga to‘lovga qarshi beriladimi, agarda importyor hujjatlarni sotib olishdan yoki aktsept berishdan va boshqa zarur instruktsiyalarni berishdan voz kechganligi to‘g‘risida bankka aniq instruktsiyalar beradi. Bank eksportyori o‘z muxbiriga hujjatlarni yuboradi, muxbir va eksportyor tomonidan inkasso topshirilsa ko‘rsatilgan barcha shartlarni bajarib, ularni importyorga beradi. Shuni aytish lozimki, banklar faqat vositachilik vazifalarini bajaradi. I. bajarganligi uchun banklar mukofot oladilar. I. bajarish tartibi xalqaro savdo palatasi tomonidan nashr etilgan qoidalar bo‘yicha tartibga solinadi, ko‘plab jahon tijorat banklari ushbu qoidalarga rioya qiladilar; 4) I.(ital. Incasso), bank operatsiyasi turi; bank mijozining topshirig‘iga ko‘ra unga tegishli pul miqdorini haq to‘lovchi korxonalardan hisob-kitob hujjatlari asosida ular manziliga jo‘natilgan mollar va xizmat uchun qabul qilib oladi va mijozning bankdagi hisob varag‘iga o‘tkazadi. I.ga mablag‘ yetkazib beruvchi tomonidan aksept bo‘yicha hisob-kitob qilinganda yozilgan to‘lov talabnomalari da’vo muddati ichida (tovarni jo‘natish yoki xizmat ko‘rsatish vaqtidan boshlab) qabul qilinadi.
|
| |