|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 310/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INDOSSANT (nem.) – 1) vekselning orqa tomoniga indossament yozib, uni boshqa shaxs (indossant)ga o‘tkazayotgan shaxs; 2) veksel egasi vekselning orqa tomoniga ustxat yozib berish natijasida veksel o‘tkazilayotgan shaxs, vekselning ustxat asosidagi yangi egasi; 3) I. (jirant) (nem.) — veksel, chek va h.k. lar orqa tomoniga o‘tkazuvchi yozuvni bajaruvchi shaxs.
INDOSSAT (nem.) — o‘tkazuvchi yozuv bo‘yicha veksel, chek va h.k. foydasiga pul o‘tkazadigan shaxs.
INDOSSATOR — o‘z huquqini boshqaga o‘tkazib, o‘tkazma ustxat qo‘ygan shaxs.
INDOSSATSIYA — qimmatli qog‘oz, veksel, chek va h.k.lar bo‘yicha huquqni boshqaga o‘tkazib, ustxat qo‘yish.
INDOSSATSIYA QILINGAN TRATTA — huquqlar boshqaga o‘tkazilib, ustxat qo‘yilgan o‘tkazma vekselinjiniring tijorat qoidalariga asoslangan muhandislik-maslahat xizmatlari: ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib ishga tushirish yuzasidan maslahat berish.
INDUKTSIYA — tadqiqotni yoki biror ob’aktni (hodisani, jarayonni) xususiylikdan umumiylik sari o‘tilishi tushuniladi.
INDIVIDUAL MEHNAT — har bir tovar ishlab chiqaruvchining turli mehnat sharoitlarida amalga oshayotgan, turlicha malakaga asoslangan va unumdorligi turlicha bo‘lgan mehnati.
INDIVIDUAL MAHNAT UNUMDORLIGI – individual (yakka tartibda ishlovchining (lokal) uchastka, saxdagi, korxona, tarmoqdagi) ishlovchining ishlab chiqargan mahsuloti.
INFLYATSIYA (inglizcha-inflation) - 1) muomaladagi qog‘oz pullar miqdorini taklif qilingan savdoga chiqarilgan tovar narxlarning yig‘indisidan ko‘payib katishi; 2) I. – qog‘oz pulning juda ko‘p chiqarilishi natijasida pulning qadrsizlanishi. Bunday holat xo‘jalik yuritish borasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish davrida, mahsulot ishlab chiqarish kamaygan hollarda qo‘shimcha pul chop etish natijasida yuzaga kaladi; 3) I. – pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy valutaning qadrsizlanishi, narxlarning o‘sishi; 4) I. — qog‘oz pullarning qadrsizlanishi va real tovar taklifiga nisbatan muomalada ularning haddan tashqari ko‘payib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarid qobiliyatining pasayish jarayoni; 5) I. – Narxlarning pul qiymatini pasayishiga olib keluvchi o‘sishi. Inflyatsiya quyidagi hollarda yuz berishi mumkin: tovarlarga talab ta’minotdan yuqori bo‘lganda (talabning taklifga nisbatan yuqoriligi sababli inflyatsiya), yoki hukumat hech narsa bilan ta’minlanmagan pullarni ko‘p miqdorda chiqarganda (pul-kredit inflyatsiyasi). Nazoratsiz inflyatsiya butun pul-kredit tizimiga xavf soladi. Inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari narxlarni va maoshlarni boshqarish, hukumat (budjet) xarajatlarini kamaytirish va mablag‘larni qattiq nazorat qilishdan iborat bo‘lishi mumkin. Defilyatsiya inflyatsiyaga qarama-qarshi jarayondir; 6) I. – qog‘oz pullar va naqd pulsiz mablag‘larning qadrsizlanishi. Muomala kanallarining ehtiyojidan ortiqcha va hech narsa bilan ta’minlanmagan qog‘oz pullar bilan to‘lib- toshib ketishi hamda pulga ortiqcha talabning yuzaga kelishi munosabati bilan yuz beradi. Inflyatsiya natijasida pulning tovar va xizmatlarga nisbatan xarid quvvati keskin pasayib ketadi. Ochiq-oshkora va yashirin (sun’iy pasaytirib turiladigan turlari mavjud. Oshkora inflyatsiya erkin narx shakllanishi mavjud bo‘lgan iqtisodiyotga xos bo‘lib, tovar va xizmatlar narxining uzluksiz o‘sib borishida ifodalanadi. Yashirin inflyatsiya narx-navo davlat tomonidan boshqariladigan iqtisodiyotga xos bo‘lib, tovarlar taqchiligi, ularning sifati pastligi, noiloj pul jamg‘arilishi, xufya iqtisodiyotning rivojlanishi, muvoza bitirmalarining keng tarqalganligi kabilarda zoxir bo‘ladi. O‘z sur’atlariga ko‘ra sudraluvchi, qalqib yuruvchi va giperinflyatsiya (tez oshuvchi) turlarga bo‘linadi. O‘rmalovchi inflyatsiya pul xarid imkoniyatining yiliga 10-20 foiziga qadrsizlanishi, turg‘unlik kabi xususiyatga ega. Qalqib yuruvchi inflyatsiya iqtisodiy vaziyatning barqaror emasligi, pul qadrsizlanishi 10-20 foizdan 200-300 foizgacha sakrashi orqali yuz berishi bilan, giperinflyatsiya inflyatsiya sur’atlari o‘ta yuksak – yilliga 1000 foiz va undan ham yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Inflyatsiyaga iqtisodiy muvozanatning buzilishi, haddan tashqari ko‘p investitsiya sarflanishi, ishlab chiqarish va idoraviy monopoliya hukmronligi kabilar sabab bo‘ladi. Bu sabablar davlat budjeti kamomadiga olib keladi va u o‘sib bo‘radi, pul emissiyasi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaga, shuningdek, siyosiy barqarorlikning yo‘qligi, aholining ijtimoiy faolligi kabi ijtimoiy omillar ham sabab bo‘ladi. Bunda “narx-navo ish haqi” chulg‘ami yuzaga keladi: narxlarning oshirilishi ish haqining oshirilishiga, ish haqining oshirilishi esa narxlarning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi; 7) I. – muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo‘lishi, narx-navo o‘sishi, pul qadr-qiymati pasayishi, pulning qadrsizlanishidir. Infilyatsiya narx-navo indeksining ortishida, aniqrog‘i, qimmatchilikda ifoda etiladi; 8) I. – pulning keragidan ortiq chiqarilishi natijasida narxlarning to‘xtovsiz o‘sishi, pul birligi qadrining pasayib borishidir. 9) I. – qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi; 10) I. – pulning qadrsizlanishi. Muomaladagi pul miqdorining ishlab chiqarilayotgan tovarlar massasiga nisbatan o‘sib ketishi natijasida tovar bilan ta’minlanmagan pul miqdorining paydo bo‘lishi. Inflyatsiya ichki bozorda mahsulotlar bahosining ochiqchasiga va yashirincha oshib ketishiga olib keladi. Baholar indeksining o‘zgarishini o‘rganish orqali inflyatsiyaning o`sishi foizlari aniqlanadi. Muomalaga tovar bilan ta’minlanmagan pulning chiqarilishi va muomalada keragidan ortiqcha pul miqdorining paydo bo‘lishi, ishlab chiqarishning to‘lov qobiliyatiga ega talabdan orqada qolishi, sifatsiz tayyor mahsulotlar importining nazorat qilinmasligi inflyatsiyani keltirib chiqaradigan omillar hisoblanadi; 11) I.qog‘oz pullarning tovarlar sotib olish va xizmatlarga to‘lanish qobiliyatining pasayishi, qog‘oz pullarning qadrsizlanishi.
|
| |