|
INDEKS-BIRJA KONYUNKTURASI INDEKSI
|
bet | 307/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INDEKS-BIRJA KONYUNKTURASI INDEKSI – fond birjalarida muomalada bo‘lgan fiktiv kapitalning o‘rtacha qiymati dinamikasi ko‘rsatkichi. Hisoblash tartibiga ko‘ra ikki turi mavjud: 1) ayrim aksiyalar kursi bazasida hisoblanadigan; 2) aksiyalari indeksga kiritilgan barcha aksiyadorlik kompaniyalari aksiya kapitali birja qiymati asosida hisoblab chiqariladigan birja konyunktura indeksi. Ayrim aksiyalar kursi asosida belgilanadiga birja konyunkturasi indeksiga misol tariqasida Nyu-York fond birjasida belgilanadigan Dou- Jons indeksi ko‘rsatilishi mumkin. Bu indeks dollarda hisoblangani holda aksiyalarning maxsus kursini aks ettiradi. Dou-Jons indeksi ko‘rsatkichdan iborat: 30 ta sanoat korporatsiyalari, 20 ta transport, 15 ta kommunal xizmat kompaniyalari aksiyalarining o‘rtacha qiymati, ushbu 65 korxona aksiyalarining erkin kursini o‘z ichiga oladi. Ikkinchi turdagi birja konyunkturasi indeksiga “Standard end Purs” indeksi misol bo‘la oladi. Ushbu kurs 500 korporatsiya aksiyalari kursiga asoslanadi va Amerika rasmiy statistikasida afzal ko‘riladi.
INDEKSATSIYA (ing.) — 1) iste’mollilik bahosi oshishi munosabati bilan fuqarolar pul daromadlari va jamg‘armalari ko‘payishining davlat tomonidan o‘rnatilgan mexanizmi. I. maqsadi fuqarolar pul daromadlari va jamg‘armalarini sotib olish quvvatini qo‘llab- quvvatlashdan iboratdir. I. uyg‘unlashtirilishi, ayrim holatlarda esa aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solishning boshqa metodlari bilan almashtirilishi mumkin (mehnat haqi, nafaqa hajmlari, sotsial yordam darajasini qayta qurish). Fuqarolar daromadlari sotib olish quvvatlarini qo‘llab- quvvatlash mexanizmiga kiritiladigan o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli yil uchun budjet to‘g‘risidagi qonunni tasdiqlashda ko‘rib chiqiladi. I. bunga quyidagilarni kiritish mumkin: korxona xodimlarining ish haqi, ular tomonidan ishlab chiqiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bahoni mustaqil belgilaydigan muassasalar va tashkilotlar, davlat nafaqalari, stipendiyalar, sotsial yordamlar (bolalar bilan birgalikda oila, ishsizlik vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish va h.k.), mamlakat jamg‘arma bankiga qo‘yilgan omonatlar, davlat zayomlari va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlari, davlat sug‘urtasi tashkilotidagi badallar. Fuqarolar pul daromadlari va jamg‘armalari I. uchun oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari hamda pullik xizmatlarga iste’mollilik bahosi indeksi foydalaniladi. Iste’mollilik bahosi o‘zgarishi ustidan kuzatishni respublika va mahalliy statistik organlari tarkibida faoliyat qiluvchi maxsus davlat xizmati amalga oshiradi; 2) I. muttasil o‘zgarib turuvchi biron bir iqtisodiy omil(tashqi savdo miqyosi, tovarlar narxi va hokazo)ga raqam ko‘rsatkichi indeksni o‘rnatish, joriy etish.
|
| |