• IMPERATIVNIY (lot.)
  • IMPRESARIO (ital.)
  • IMPLEMENTATSIYA (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet304/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IMMOBILIZATSIYA KAPITALI (lot.) — oborot kapitalini asosiy kapitalga aylantirish.
    IMMUNITET (lot.) — xalqaro huquqdagi ma’lum huquqlar va imtiyozlar majmuasi. Feodal huquqda I. feodalning o‘z yerlarida markaziy hokimiyat vakillarining aralashuvisiz davlat funksiyalarini (sud, soliq yig‘ish, politsiya nazorati) amalga oshirish huquqi hisoblangan.
    IMPERATIVNIY (lot.) — huquqiy amaliyotda — saylovga yo‘l qo‘ymaydigan farmon.
    IMPERIAL (lot. imperialis imperatorlik) - 1755-yildan zarb etila boshlagan rus oltin tangasi. Dastlab uning qiymati 10 rublga teng bo‘lib, tarkibida 12 grammga yaqin sof oltin bo‘lgan. Oltin rubl muomalaga kiritilgandan so‘ng 1897 yilda imperialning belgilangan qiymati 15 rublga qadar oshdi, keyin uni 5 va 10 rubllik oltin tangalar muomaladan siqib chiqardi.
    IMPRESARIO (ital.) — ayrim mamlakatlardagi xususiy tadbirkor; uning nomidan harakat qiluvchi, uning uchun kontraktlar tuzuvchi qandaydir artistning agenti.
    IMPICHMENT (ing.) — qator mamlakatlarda oliy vazifador shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risida javobgarlikka tortish va ishlarni sudda ko‘rishning maxsus tartibi. I. to‘g‘risida qaror parlament ishtiroki bilan qabul qilinadi. Birinchi marta I. Angliyada XIV asrning oxirida oliy vazifador shaxslar taxtini ayblash uchun paydo bo‘lgan.
    IMPLEMENTATSIYA (lot.) — davlat tomonidan xalqaro huquqiy me’yorlarni amalga oshirilishi va bajarilishi. I. metodlari va vositalarini har bir davlatning o‘zi aniqlaydi.
    IMPORT (lot. importo-kiritaman) - 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish uchun chatdan olib kalingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital I. xorijdan mamlakatga kalayotgan kapital (kradit, zayom va boshqa); 3) chatdan olib kalingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati. 4) I. – mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chat el mollarini, kapitalini, taxnologiyasini va xizmatlarni olib kalish. Import xalqaro mahnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni tajashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko‘maklashadi; 5) mamlakatga chet el tovarlarining olib kelinishi. Tovarlar ishlab chiqaruvchi mamlakat yoki vositachi mamlakatdan shaxsiy ist’emol uchun, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa korxonalar ehtiyojlari uchun keltirilishi mumkin. Import davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, uning moliyaviy ahvolini, rivojlanish darajasini, taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini ifoda etuvchi muhim ko‘rsatkich sanaladi. Import hajmini eksportga nisbatan katta ekanligi ushbu mamlakatning iqtisodiy qaramligi haqida muayyan xulosalarga kelishga asos bo‘ladi. Davlat import vositasida boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. Importning davlat yo‘li bilan tartibga solinishi ichki bozorni, o‘z ishlab chiqaruvchilarini, iqtisodiy manfaatlarini chet ellik tovar ishlab chiqaruvchilardan himoya qilishi, sifati past va iste’moli yomon bo‘lgan tovarlarning mamlakat bozoriga bostirib kirishiga to‘sqinlik qilish imkonini beradi. Importni davlat yo‘li bilan iqtisodiy, siyosiy hamda huquqiy vositalar orqali tartibga solinadi; 6) I. (ing., lot.) — importyor — mamlakatlar ichki bozorida realizatsiya va taklif qilish uchun chet eldan olib kelingan tovarlar, texnologiyalar va kapitallar; chet ellik sheriklardan ishlab chiqarish yoki iste’mol uchun to‘lash sharti bilan xizmatlar olish; 7) I. – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish; 8) I. – shu mamlakatda sotish va foydalanish uchun chet el tovarlarini chegaradan olib kirish; 9) I. – chet el mijozlaridan tovarlar sotib olish va xizmatlaridan foydalanish; 10) I. – tovarlarni xorijdan olib kirishni ko‘zda tutuvchi tovarlar savdosi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.