|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 303/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IMIJ REKLAMA (lot.) — tashqi savdo reklamasining ixtisoslashtirilgan firmasi. Tashqi iqtisodiyot reklamasida 30 yillik tajribaga ega 60 mamlakatda firma agentliklari, 23 mamlakatda reklama axboroti byurosi, 13 mamlakatda namoyish zallari mavjud. Imij firma va firma stilining barcha tuzilma grafik qatori kontseptsiyasi ishlash, nufuzli bosma reklamani ishlash va yaratish, reklama tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha har xil xizmatlar ko‘rsatadi.
IMEYJ TAHLILI (ingl. Image analysis) — iste’molchilarning kompaniya yoki uni mahsulotlari xossalari to‘g‘risidagi bilimlari, xabardorligi, tasavvurlarini tekshirish.
IMEYJ MEYKER (ingl. Image-marker) — muayyan shaxslar, tashkilotlar, partiyalar mashhurligi va obro‘sini yanada oshirish maqsadida tashkilotlar, reklama va piar kampaniyalar imidjini yaratish bo‘yicha mutaxassis.
IMITATSIYA (lot.) — vaziyatning qanday real o‘zgarishini tushunish maqsadida real vaziyat modelini ishlash va eksperimentlarni bajarish jarayoni.
IMMENNIK — nodir metallardan buyum tayyorlovchi korxona tamg‘asi.
IMMIGRANTLAR (lot.) — siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqa sabablar ta’sirida bir davlat fuqarosining boshqa davlatga doimiy yashash uchun ko‘chib borib joylashishi. Rivojlangan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ish kuchi iqtisodiy immigratsiyasi keng quloch yoymoqda.
IMMIGRATSIYA – 1) ishchi kuchining muayyan mamlakatga ishlash va yashash uchun kirib kelishi; 2) I. mamlakat hududiga mehnatga layoqatli aholining boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelishi.
IMMITATSION LAG (ing.) — mavjud sohada mamlakatlardan birining texnologik ustunlik olish va shu bosqichda boshqa mamlakat tomonidan muvaffaqiyatli takrorlanishi o‘rtasidagi davr vaqti. Shunday davrning birinchi bosqichi talab lagi deb ataladi, bu yangi tovarni olishga aniq ifodalangan ehtiyoj vujudga kelmaguncha davom etadi, keyin ikkinchi bosqich boshlanadi.
IMMOBILIZATSIYA (lot.) — harakatdagi kapitalni harakatsiz, oborot kapitalini oborotsiz kapitalga aylantirish.
|
| |