|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 299/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IJTIMOIY TO‘LOVLAR – 1) moddiy jihatdan kam ta’minlangan mamlakat fuqarolariga pul yoki natura shaklida yordam ko‘rsatish shaklidagi tizim hisoblanadi; 2) I.t. – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko‘rsatishga qaratilgan turli xil to‘lovlar; 3) I.t. – jamiyatning kam ta’minlangan qismiga yordam ko‘rsatish maqsadida davlat tomonidan to‘lanadigan pul va mahsulotlar; 4) I.t. (transfertlar) — xonadon xo‘jaliklarining pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, sug‘urta to‘lovlari va boshqa budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalardan tushgan tushumlari; 5) I.t. (transfertlar) – bu uni oluvchilarga tovarlar va xizmatlar taklif etilmasdan, to‘lanadigan mablag‘lardir.
IJTIMOIY XIZMATLAR - Mahalliy aholi turmush darajasini yaxshilash va ta’minlash uchun tuzilgan va odatda hukumat (mahalliy budjet) tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan xizmatlar; masalan, tuman kasalxonalari va poliklinikalari, yo‘l xizmatlari, markazlashtirilgan isitish tizimlari, sanitariya xizmati, elektr ta’minoti xizmati, telekommunikatsion tizim.
IJTIMOIY XIZMATLARNI TA’MINLASH SOHASIDAGI UZOQLASHISH — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ro‘zg‘or yuritish, ijtimoiy himoya va boshqa bir qator xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlaridagi tengsizlikni ifodalaydi. Muayyan jamiyatda “me’yor” deb qabul qilinadigan ijtimoiy xizmatlar darajasidan bahra olish uchun imkoniyatlarning cheklanganligi mazkur o‘lchovda uzoqlashish mavjudligining natijasi deb hisoblanadi. Ushbu cheklangan imkoniyatlar moddiy farovonlikka ham tegishli bo‘lishi mumkin, lekin ayrim holatlarda bu narsa shu kabi xizmatlarning ta’minlanishini belgilaydigan institutsional jihatini e’tiborga olgan holda doimiy emasdir.
IJTIMOIY XO‘JALIK SHAKLLARI - biri ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida mahsulot ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar. Ikkinchisi esa boshqalar ehtiyojini bozorda sotish yo‘li bilan qondirish maqsadida mol (tovar) ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar. Birinchisi ikkinchisidan avval paydo bo‘lgan bo‘lsada ikkala xo‘jaliklarning faoliyatlari hozir ham birgalikda davom etmoqda.
|
| |