• IJTIMOIY TAKROR ISHLAB CHIQARISH
  • IJTIMOIY TARAQQIYOT
  • IJTIMOIY TA’MINOT
  • IJTIMOIY TRAST
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet298/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IJTIMOIY SOLIQLAR — ish haqi va ishchi kuchiga nisbatan qo‘llaniladigan soliqlar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ijtimoiy ta’minotga badallaridan (ajratmalaridan) tarkib topadi.
    IJTIMOIY SUG‘URTA (lot.) — qariganda, kasal yoki ishsiz bo‘lganda fuqarolarni moddiy ta’minlash va xizmat ko‘rsatish tizimi. Ko‘plab taraqqiy etgan mamlakatlarning qonun nizomlariga ko‘ra ijtimoiy ta’minotiga ajratmalarni majburan undirish bilan bir qatorda I.s. tizimiga ishtirok etish majburiy hisoblanadi.
    IJTIMOIY TAKROR ISHLAB CHIQARISH - ishlab chiqarish jarayonining jamiyat ko‘lamida muttasil davom etishi. U moddiy ne’matlarni, ishlab chiqarish vositalarini, ishchi kuchini, ishlab chiqarish munosabatlarini, ishchi kuchini va atrof muhitni takror ishlab chiqarishdan iborat. Takror ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish jarayonining oddiy takrorlanishi va miqdoran ko‘payishigina emas, balki sifat jihatidan takomillashib borishi ham. Shu tufayli jamiyat muttasil rivojlanib boradi.
    IJTIMOIY TARAQQIYOT - 1) jamiyat (individlari emas, balki barcha a’zolari)ning taraqqiyoti; 2) jamiyat sohalaridan biri (ijtimoiy-iqtisodiy birlikning bir tomoni) taraqqiyoti.
    IJTIMOIY TASHKILOTLAR MULKI – ijtimoiy tashkilotlar (partiyalar, kasaba uyushmalari, turli fondlar va boshqalarga) a’zo bo‘lgan va o‘z ulishini qo‘shgan kishilarning umumiy mulki.
    IJTIMOIY TA’MINOT — 1) qariganda, nogironlik bo‘yicha, boquvchisini yo`qotganda va qonunda belgilangan boshqa holatlarda fuqarolarni moddiy ta’minlash uchun milliy daromadning bir qismini pul mablag‘larining ijtimoiy fondini shakllantirish va undan foydalanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan taqsimlash munosabatlari tizimi; 2) I.t. (lot.) — keksalikda to‘la yoki qisman mehnat qobiliyatini, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarni moddiy ta’minlash hamda ko‘p bolalik, noto‘liq va kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatishning davlat tomonidan o‘rnatilgan tizimi.
    IJTIMOIY TRAST — bir nechta mulkdorlar egalik qiluvchi ishonch asosida boshqariladigan xususiy mulk.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.