• IJTIMOIY ASSOTSIATSIYALAR (lot.)
  • IJTIMOIY BOZOR XO‘JALIGI MODELI
  • IJTIMOIY HIMOYA
  • IJTIMOIY INFRATUZILMA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet295/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IJTIMOIY ADOLAT KONSEPSIYASI - kishilar, ular guruhlari bo‘lmish sinflar va sotsial tabaqalar o‘rtasidagi va ular bilan jamiyat o‘rtasidagi umuminsoniy qonun- qoidalar va axloq me’yorlariga muvofiq keladigan munosabatlarni shakllantirishning bosh maqsadi va yo‘nalishlari, ularga yerishishning strategik yo‘llari va maqsadga erishish jarayonidagi bajariladigan vazifalar.
    IJTIMOIY ASSOTSIATSIYALAR (lot.) — (ittifoqlar, fondlar, federatsiyalar) korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar hamda ma’lum sharoitlarda qandaydir jamiyat hayoti sohalarida ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida hamkorlik qilish uchun davlat institutlarini ham birlashtiradi.
    IJTIMOIY BOZOR XO‘JALIGI MODELI — milliy bozor xo‘jaligining faoliyatiga davlatning faol ta’siri, davlat rolining yuqoriligi, davlat mulkining salmoqli ulushga egaligi, kuchli ijtimoiy ta’minot tizimi, davlat xarajatlarining yuqori darajasi, aholining ijtimoiy kafolatlar bilan ta’minlanganligi, bandlikning tartibga solinishi kabi xususiyatlarga ega model.
    IJTIMOIY HIMOYA — jamiyatning har bir a’zosiga munosib turmush darajasiga ega bo‘lish huquqini ta’minlovchi va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy kafolatlar majmui.
    IJTIMOIY IMKONIYAT — barcha kishilar o‘z ovqatlanish ehtiyojlari va shaxsiy xohishlariga binoan faol va sog‘lom hayotni ta’minlash uchun yetarli miqdorda xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo‘lish uchun jismoniy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarga egaligi.
    IJTIMOIY INFRATUZILMA – odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
    IJTIMOIY - IQTISODIY EHTIYOJLAR – 1) kishilarning yashashi, mahnat qilishi va ma’lum iqtisodiy mavqaga ega bo‘lishi uchun ista’mol etilishi zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir; 2) I.i.e. – kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma`lum iqtisodiy mavqega ega bo‘lishi, iste‘mol etilishi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.