|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 291/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IERARXIYA (grek.) — kordinatsiyaga erishish usuli bo‘lib, bunda barcha individual harakatlar markaziy hokimiyat instruktsiyasiga bo‘ysungan bo‘ladi.
IERARXIK TUZILMA (grek., lot.) — ko‘p darajali boshqarish va har bir darajada unchalik katta bo‘lmagan bonqarish hajmi bilan xarakterlanadigan tashkiliy tuzilma.
IJARA (arab) — 1) mustaqil xo‘jalik yuritish yoki boshqa biror faoliyatni amalga oshirish maqsadida yar, suv, korxona va boshqa mulkka egalik qilish hamda vaqtincha foydalanish uchun to‘lanadigan muayyan haq. I. mulkka egalik huquqini o‘zgartirmaydi; 2) yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarning keng tarqalgan turi. Uning maqsadi vaqtincha bo‘sh turgan asosiy ishlab chiqarish vositalaridan samaraliroq va yuksak unum bilan foydalanishga erishishdan iboratdir; 3) I. (pol., lot.) — xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun ijarachiga zarur bo‘lgan shartnomada ko‘rsatilgan mulkka muddatli va haqini to‘lash bilan ega bo‘lish hamda foydalanish. I. xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlariga va mulk ob’ektining har qanday shakliga ruxsat etiladi. I. quyidagilarga berilishi mumkin: a) yer, boshqa tabiiy resurslar; b) ayrim binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari, ashyolar, boshqa material qiymatliklar.
Ijaraga berish mulkdorga, shu jumladan, chet el yuridik va jismoniy shaxslarga bog‘liq. Ijaraga ushbu funksiyani bajarishga mulk egasi vakolatini olgan tashkilotlar ham berishi mumkin. Ijaraga beruvchilar mamlakat va chet el yuridik hamda jismoniy shaxslar, qo‘shma korxonalar va xalqaro tashkilotlar ham bo‘lishi mumkin. Ijaraga beruvchi va ijarador munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat — bu tomonlarning o‘z xohishi va teng huquqligi asosida tuzilgan ijara shartnomasidir. Shartnomada ijaraning shartlari, ijara muddati va ijara haqi belgilangan bo‘ladi.
Ijara ob’ektlari bo‘lib muomalada bo‘lishi qonunlar bilan taqiqlab qo‘yilmagan har qanday ko‘chadigan va ko‘chmas mulklar hisoblanishi mumkin. Ijara munosabatlari sub’ekt sifatida esa egaligida, foydalanishida, operativ boshqaruvida ist’emol qilinmaydigan mulk bo‘lgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs, muayyan ashyolardan vaqtincha foydalanib turishga ehtiyojmand bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin. Shu jumladan, davlat, uning idoralari, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ham ijara munosabatlarida ishtirok etadilar.
Ijara yuzasidan o‘zaro munosabatlar ijara shartnomasi tuzish yo‘li bilan huquqiy rasmiylashtiriladi. Ijara shartnomasini tuzish, tomonlarning asosiy huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklariga oid masalalar O‘zbekiston Respublikasi “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan (keyingi kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlari bilan). Hozirgi paytda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar – yuridik shaxslar tomonidan ijara shartnomasining muhim ko‘rinishlaridan biri – arenda shartnomasini tuzish (binolar, ishlab chiqarish vositalari, uskunalar, transport vositalari, yer va boshqalar) keng tarqalgan.
|
| |