|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 289/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)HUJJATLI INKASSO (ital.) — tijorat hujjatlari bilan kuzatiladigan (transport va sug‘urta hisobot hujjatlari) moliya hujjatlari inkassosi hamda faqat tijorat hujjatlari inkassosi. Agarda sotib oluvchi haq to‘lashdan bosh tortsa, hujjatlar unga berilmaydi va u tovarga buyruq bera olmaydi. Sotuvchi bankka agarda sotib oluvchi haq to‘lashdan bosh tortganda tovar va hujjatlar bilan nima qilishligi xususida aniq yo‘riqnoma berishi kerak.
HUKMRON MAVQE (bozorda) — xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yoki sub’ektlarning boshqa o‘rinbosarlari bo‘lmagan yoxud bir-birini almashtiradigan tovarlar bozoridagi unga (ularga) tegishli tovar bozorida tovar muomalasining umumiy sharoitlariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bozorga kirishini qiyinlashtirish imkonini beradigan alohida mavqei. Muayyan tovar bozorida hissasi 65% va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mavqei hukmron mavqe deb e’tirof etiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ushbu ko‘rsatkichdan oshgan bo‘lishiga qaramay, uning bozordagi mavqei hukmron mavqe emasligini isbotlangan hollar bundan mustasno. Agar buni antimonopol organ xo‘jalik yurituvchi sub’ektning bozordagi hissasi barqarorligidan, raqobatchilarga qarashli bozordagi hissasining nisbiy miqdoridan, ushbu bozorga yangi raqobatchilarning kirish imkoniyatidan va tovar bozorini tavsiflovchi boshqa mezonlardan kelib chiqib aniqlagan bo‘lsa, muayyan tovar bozoridagi ulushi 65% dan kam bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mavqei ham hukmron mavqe hisoblanadi.
HUKMRONLIK QILISH; USTUNLIKKA ERISHISH (ingl. Domination) — bozor muayyan sektorida reklama hamda mahsulot o‘tkazish va sotish chora-tadbirlari yukrri konsentriyasi vositasida ma’lum bir vaqt davomida bozorda hukmron mavqega erishish maqsadidagi bir uslub. Bunday metodni qo‘llash uchun muayyan tijorat matonati va uzoqni ko‘ra olish layoqati talab etiladi. Ayrim istisnolarsiz olganda, biron-bir mahsulot yoki xizmat bozorda abadiy hukmron mavqega ega bo‘la olmaydi. Biroq, agar vaqt to‘g‘ri tanlasa, agar yetarlicha mablag‘ sarflansa, raqobatdoshlarni dahshat va talvasaga solib, raqobatdoshlar o‘zi ham xuddi shunday tadbirlarga qo‘l urmaguniga qadar yetakchilik va yo‘lboshchilik mavqeini ustunlik barobarida saqlab qolish mumkin.
|
| |