• HISOB - KITOB FOIZI
  • HISOB-KITOB PALATASI A’ZOSI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet286/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    HISOB - KITOB BAHOSI — birjada mavjud kun uchun har bir fyuchers pozitsiyasining yagona bahosi. Savdoning tamom bo‘lishi oldidan oxirgi daqiqada amalga oshirilgan bitimlar baholari asosida hisob-kitob palatasi tomonidan o‘rnatiladi. Depozitlar va marjilarni hisoblash va baholarni belgilash uchun qo‘llaniladi, bu bo‘yicha real tovar yetkazib berilgan holatda fyuchers kontraktlari tugatiladi.
    HISOB - KITOB FOIZI — banklar pulni veksellarni muddati tugamasdan turib hisob- kitob qilish yo‘li bilan avanslagani uchun undiradigan va foizlarda ifodalanadigan to‘lov. Hisob-kitob foizini undirish nominal summadan muayyan chegirma (veksel valutasi) shaklini oladi, ya’ni bank veksel sotuvchi shaxsga vekselning o‘zida ko‘rsatilgan summadan kamroq pul to‘laydi. Ushbu foiz normasida chegirma hajmi veksel valutasiga va veksel muddati tugaguncha qolgan vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Foizlar har bir alohida veksel bo‘yicha hisoblanadi, so‘ngra olingan ma’lumotlar hisob- kitob va vekselni taqdim etgan shaxsga to‘lanishi lozim bo‘lgan summani aniqlash uchun alohida reestrlar bo‘yicha umumlashtiriladi. Veksellarni qaytarish kechikib ketmasligi uchun hisob-kitob uchun taqdim etilgan veksellar bo‘yicha foizlar, ularni hisobga qabul qilinguncha hisoblanishi kerak. Hisob-kitob bo‘yicha foizlar avvaldan olinadi va pul berilgan sanadan veksel muddati keladigan sanagacha bo‘lgan kunlar miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi, bunda mablag‘larni mijoz hisobvarag‘iga o‘tkazish kuni uchun foizlar summasi bank foydasiga hisoblanadi, veksel muddati kelgan kun esa mijozning foydasiga hisoblanadi. Veksel muddatidan avval sotib olingan bo‘lsa, olingan foizlar qaytarilmaydi.
    HISOB-KITOB PALATASI A’ZOSI — birjaning to‘la a’zosi. U orqali birjadagi hisob- kitob palatasi bilan bitimlar tuzishning barcha o‘zaro munosabatlari amalga oshiriladi va unda hisob-kitob palatasining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yotadi.
    HISOB - KITOB CHEKI — chekdagi pastki burchakdan o‘ngdagi yuqori burchakka boradigan diagonal bo‘yicha chizib tashlangan polosali chek.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.