• IJOBIY LEVEREDJ
  • IJODIY QARORLAR
  • IJTIMOIY ADOLAT
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet294/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IJARA SHARTNOMASI — ijarachi bilan ijaraga oluvchi o‘rtasida tomonlarning tang huquqliligi asosida tuzilgan kalishuv, shartnoma. I.sh quyidagilarni ko‘zda tutadi; 1) ijaraga olinayotgan mulk tizimi va qiymatini; 2) ijara to‘lovi miqdorini; 3) ijara muddatini; 4) ijaraga barilgan mulkni ta’mirlash va to‘la tiklash bo‘yicha tomonlar majburiyatini; 5) mulkni shartnomada kalishilgan holda ijarachiga yatkazishni; 6) I.sh. — ijaraga beruvchi bilan ijarador o‘rtasidagi munosabatni tartibga soluvchi hujjat. U tomonlarning o‘z ixtiyoriyligi va to‘la teng huquqligi asosida tuziladi. I.sh. da ijaraga beriladigan mulkning tartibi va qiymati, ijara haqi hajmi, ijara muddati, ijaraga berilgan mulkni to‘la tiklash va tuzatish bo‘yicha tomonlarning majburiyati taqsimlanadi, ijaraga beruvchining ijaradorga ijaraga berilgan mulkni shartnoma shartlariga mos holatda berish majburiyati, ijaradorning mulkdan shartnoma shartlariga mos ravishda foydalanish majburiyati, ijara haqini to‘lash va shartnoma to‘xtatilgandan keyin mulkni shartnomada kelishilgan holatda ijaraga beruvchiga qaytarish ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
    IJOBIY LEVEREDJ — qarz mablag‘lardan muvaffaqiyatli foydalanish.
    IJRO ETISH – 1) davlat va mahalliy budjetlarni ijro etish davlat moliyaviy faoliyatining yo‘nalishi bo‘lib, vakolatli davlat hokimiyati idoralari tomonidan ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan daromad va xarajatlar bo‘yicha yillik rejalarni davlat markaziy hamda mahalliy boshqaruv idoralari tomonidan, korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan ijro etilishi; 2) sud idoralari, shu jumladan xo‘jalik sudlari tomonidan mulkiy va boshqa nizolar yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorlarini ijro etilish tartiblari O‘zbekiston Fuqorolik protsessual kodeksiga binoan, korxonalar o‘rtasidagi mulkiy nizolar bo‘yicha chiqarilgan qarorlarni ijro qilish tartibi esa, xo‘jalik protsessual kodeksiga binoan belgilanadi; 3) shartnomani ijro etish, yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida tuzilgan o‘zaro kelishuvlarga muvofiq vujudga keluvchi majburiyatlarning bajarilishi (mahsulot yetkazib berilishi, ish bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi, pul to‘lovlarini amalga oshirilishi). Shartnomaviy majburiyatlar real va lozim darajada bajarilmog‘i lozim; 4) budjetning kassa ijrosi.
    IJDIVENTSI — boshqa shaxslardan ular uchun asosiy yashash vositalari manbai hisoblangan to‘liq moddiy ta’minot oladigan shaxslar. I. nafaqa ta’minoti sohasida, ular uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan zararni qoplash to‘g‘risidagi masalalarni yechishda ma’lum huquqlarga ega; I. mavjudligi ayrim nafaqa turlarini va kompensatsiyalarni to‘lashda hisobga olinadi.
    IJODIY QARORLAR – ish ahvolini sidqidildan o‘rganib chiqilishini jalb qilishni, maxsus hisob-kitoblar bajarilishini talab qiladi. Bu qarorlar ko‘proq erkin harakat qilishni ko‘zda tutadi va ma’muriy xodimlar faoliyatining asosini tashkil qiladi.
    IJTIMOIY – iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
    IJTIMOIY ADOLAT – 1) Jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarga barcha insonlar bir xilda ega bo‘lishi haqidagi fikr (da’vo). U jinslar, dinlar, irqlar, millatlar, elatlar tengligi haqidagi g‘oyalarni, atrof muhit resurslariga bir xilda ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi; 2) kishilar, ular guruhlari bo‘lmish sinflar va sotsial tabaqalar o‘rtasidagi va ular bilan jamiyat o‘rtasidagi umuminsoniy qonun- qoidalar va axloq me’yorlariga muvofiq keladigan munosabatlar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.