|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 293/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IJARA KORXONALARI — haqini to‘lash sharti bilan mulk egasidan ijara shartiga ko‘ra vaqtincha ijaraga olinib faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar.
IJARA MUNOSABATLARI — 1) bu ikki shaklda amalga oshiriladi: xo‘jalik (korxona) ijarasi ijaradorlarga yuridik shaxs huquqini berish, faoliyat turlarini va ishlab chiqarish tuzilmasini tanlash, asosiy vositalarni sotib olish yoki ijaraga olishni, mahsulotni mustaqil realizatsiya qilishni, talab va taklifdan kelib chiqqan holda unga baho o‘rnatishni, yer va o‘zi ishlab chiqarish vositalarini uzoq muddatli ijaraga berish, ayirboshlash yoki yerni ikkilamchi ijaraga berish, ish kuchini vaqtinchalik jalb etish va yollashni ko‘zda tutadi. Ichki xo‘jalik ijarasi o‘z mohiyatiga ko‘ra I.m. ayrim elementlaridan foydalanadigan xo‘jalik hisobining yangilangan shakli hisoblanadi. Ichki xo‘jalik ijarasi — bu ma’lum ish hajmini bajarish uchun xodimlarni yollashdir. Ijara — bu mulkni yollashdir. Demak, xo‘jalik ijarasi bir necha mulkdorni, ichki xo‘jalik ijarasi esa bitta mulkdorni ko‘zda tutadi. Xo‘jalik ijarasi mulkni realizatsiya qilish shakli bo‘lsa, ichki xo‘jalik ijarasi esa mehnatni tashkil etish shaklidir. Xo‘jalik ijaraning ko‘plab turlari (shakllari) uchraydi, ulardan faqat qonun doirasida foydalanish mumkin; 2) I.m. – yerdan haq to‘lash sharti bilan ma’lum muddatga foydalanishi yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy aloqalardir; 3) I.m. – ishlab chiqarish omillari turli sub’ektlarga tegishli bo‘lganda ularning o‘zaro birikishi usullaridan biri. Bunday munosabatlar iqtisodiy faoliyatning, deyarli, barcha sohalarida uchraydi. Yer maydonlari, transport vositalari, uy-joy, ro‘zg‘or ashyolari, darsliklar va hokazolar bularning ob’ektlar bo‘lishi mumkin.
IJARAGA OLINGAN KORXONALAR JAMOASI MULKI – ijarachilar jamoasi o‘zi ishlab topgan mulk. Bunday korxonada mulk ikki qisimdan iborat bo‘ladi: 1. Korxona egasiga qarashli mulk; 2. Jamoaga qarashli umumiy mulk.
IJARA PUDRATI — ayrim xodimlar, jamoalar, bo‘linmalar, korxona ichidagi har xil maqomdagi xodimlar guruhi mehnatini tashkil etish va haq to‘lash sifatida aniqlanadi. Bunday jamoalar yoki guruhlar korxona ma’muriyati bilan ijara shartnomasi asosida ishlaydi. Shartnomaga ko‘ra, ular ichki xo‘jalik bahosi va tarifi bo‘yicha mahsulot yoki xizmatlarni tayyorlash va korxonaga sotish majburiyatini oladilar. Kelishilgan hajmdan oshiqcha ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlardan ijara jamoasi mustaqil foydalanadi. Ijaraga beruvchi va ijarador ijara munosabatlari ishtirokchilari hisoblanadi.
|
| |