• IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTNING “O‘ZBAK MODALI”
  • IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIM
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet296/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLAR - jamiyat yashamog‘i uchun zarur yashash vositalarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida amal qiladigan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi barcha aloqalar.
    IJTIMOIY-IQTISODIY QARORLAR – mehnat jamoalarida a’zolarining ijodiy faolligini oshirishga, ular faoliyatini samaradrligini oshirishga yo‘naltiriladi.
    IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTNING “O‘ZBAK MODALI” – bu mamlakatimizning o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda ravolyutsion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sakinlik, lakin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lidir. “O‘zbak modali”ni ishlab chiqishda quyidagi omillar hisobga olingan: jahon xalqlarining taraqqiyot tajribalari; xalqimizning buyuk tarixiy marosi, an’analari, urf-odatlari, turmush tarzi; xalqimizning yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlari; mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlar va h.k.
    IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIM — bazis va ustqurmaning yaxlitligi. Jamiyat taraqqiyoti bir-birlaridan sifat jihatidan farq qiluvchi turli taraqqiyot bosqichlari shajarasini yaratgan. Ibtidoiy, quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistik va bozor iqtisodiy jamiyatlari ana shu shajarani ifodalaydi. Ular o‘zaro farqlanuvchi belgilari bilan birga, umumiy belgilarga ham ega. Har qanday jamiyat o‘z real iqtisodiy bazisiga va unga muvofiq keladigan ustqurmasiga ega bo‘ladi. Bazis jamiyatning ishlab chiqarish usuli. Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligini ifodalaydi. Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari esa mehnat predmetlari, mehnat qurollari va ishchi kuchidan iborat bo‘ladi. Mehnat predmetlari va mehnat qurollarini ishlab chiqarishning moddiy omili, ishchi kuchini esa ishlab chiqarishning shaxsiy omili deyiladi. Ustqurma esa muayyan iqtisodiy bazisga muvofiq keladigan va unga xizmat qiladigan jamiyatda siyosiy, falsafiy, adabiy, badiiy, diniy,axloqiy va hokazo qarashlar va ularga hos muassasalardir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.