• HUNARMANDCHILIK
  • HUKUMATLARARO BITIM BO‘YICHA SHARTNOMA




    Download 0,64 Mb.
    bet290/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    HUKUMATLARARO BITIM BO‘YICHA SHARTNOMA — Hukumatlararo bitim (bayonnoma) asosida tuzilgan tashqi savdoda vujudga keladigan turli tovarlarni yetkazib berish, bir-biri oldidagi majburiyatlarni bajarish ko‘rinishidagi pul talablarini o‘zaro hisobga olish haqida kontrakt.
    HUNARMAND (usto-hunarmand, usto) — mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida maxsus ko‘nikmalar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanishga asoslangan an’anaviy texnologiyalar asosida buyumlarning funksional xususiyatlarining tarixan qaror topgan talablariga hamda milliy estetik normalarga javob beradigan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlovchi jismoniy shaxs.
    HUNARMANDCHILIK — yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning hunarmandchilik buyumlari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyati.
    HUQUQIY RISK — bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv risklari bilan bog‘lik. Avvalo, bu risk kreditorning kafolat bermaslik va boshqa kredit bilan ta’minlashlar ehtimoli bilan bog‘liq noaniqlik va ishonchsizligida namoyon bo‘ladi. Bunday noaniqlik va ishonchsizlik sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: qonunlar majmuining va xalqaro huquq normalarining mukammal emasligi, huquqiy hujjatlar sifatining pastligi, sud mexanizmidagi kamchiliklar va boshqalar. Ayrim huquqiy risklar loyiha ishtirokchilari nazoratidan tashqarida bo‘lib, ular mamlakat va siyosiy risklarga yaqin. Bundan boshqa huquqiy risklarni milliy qonunchilikni, xalqaro moliyaviy huquqlarni yaxshi biluvchi, shartnoma, kelishuvlar va boshqa loyihaning huquqiy hujjatlarida ishtirok etuvchi malakali huquqshunos maslahatchini jalb qilish bilan yechish mumkin.

    I


    IDEAL MAHSULOT (ingl. Ideal product) — respondent qolgan barcha mahsulotlardan afzal ko‘radigan va ustun qo‘yadigan mahsulot.
    IGNORANTSIYA — lotincha so‘z bo‘lib, keng ma’noda “bexabarlik, bilmaganlik, bilimsizlik” sifatida tarjima qilinadi.
    IENA — 1) Yaponiya pul birligi. I. kumush va oltin tanga pullari 1869-1871 yillarda kumush va oltin tangalar shaklida zarb etilgan. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya banknotlarini oltinga almashtirish to‘xtatilgan, 1897-yil oktabrida I. oltin mazmuni 0,750 g. sof oltinga teng bo‘lgan. 1933 yilda esa oltin standarti bekor qilingan hamda muomalada faqat banknotlar qolgan. Hozirgi vaqtda I. eng nufuzli xalqaro valutalar jumlasiga kiradi. U 100 senga bo‘linadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    HUKUMATLARARO BITIM BO‘YICHA SHARTNOMA

    Download 0,64 Mb.