• HUJJATLI AKKREDITIV (nem.)
  • HUJJATLASHTIRILGAN INKASSO
  • HUJJATLASHTIRISH
  • HUJJAT TUZISH
  • HOVLI PULI — XIX asrda Xiva xonligida mavjud bo‘lgan soliq turi. U tutun puli deb ham atalgan. HUDUDIY (respublika) G‘AZNA HISOBVARAG‘LARI




    Download 0,64 Mb.
    bet288/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    HOVLI PULI — XIX asrda Xiva xonligida mavjud bo‘lgan soliq turi. U tutun puli deb ham atalgan.
    HUDUDIY (respublika) G‘AZNA HISOBVARAG‘LARI - mazkur budjetlar uchun ochilgan, G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvaraqlari.
    HUJJATLI AKKREDITIV (nem.) — akkreditivning bir xili bo‘lib, uning shartiga asosan bank yo‘riqnomaga binoan sotib oluvchining sotuvchiga tovarlarni tartibga soluvchi ko‘rsatilgan hujjatlarga qarshi holda ma’lum summani to‘latish majburiyatini oladi.
    HUJJAT AYLANISHI – bu hujjatlarning muayyan davrdagi aylanishidir.
    HUJJATLASHTIRILGAN AKKREDITIV - haq to‘lanadigan mahsulotning taqsimot hujjatlari ko‘rsatilgan paytda bank haq to‘laydigan akkreditiv.
    HUJJATLASHTIRILGAN INKASSO - tijorat qog‘ozlari (to‘lovnoma, transport va sug‘urta hujjatlari) bilan birga amalga oshiriladigan moliyaviy hujjatlar inkassosi.
    HUJJATLASHTIRILGAN MAHSULOT AKKREDITIVI - haq to‘lanadigan mahsulotning taqsimot hujjatlari ko‘rsatilgan paytda bank haq to‘laydigan akkreditiv.
    HUJJATLASHTIRILGAN TRATTA - kreditorning qarzdorga mahsulot taqsimoti hujjatlari ko‘rsatilganda uchinchi shaxsga belgilangan summani to‘lash haqida bergan yozma buyrug‘idan iborat o‘tkazma veksel.
    HUJJATLASHTIRISH – ma’lum faoliyat va vazifaga ko‘ra turli va o‘zaro bog‘liq bo`lgan hujjatlar majmuasi bilan ishlash tushuniladi.
    HUJJATLI AKSEPT KREDITI — chetdan mahsulot keltiruvchilar va chetga mahsulot chiqaruvchilar mazkur bankka to‘lovga taqdim etilgan o‘z veksellarini bankka o‘tkazish yo‘li bilan oladigan bank krediti.
    HUJJAT TUZISH – belgilangan shaklga moslab hujjatlar tuzish jarayonini amalga oshirishdir.
    HUJJATLI ELEKTR ALOQADA REKLAMA — zamonaviy reklama turi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, teleks va faksimil aloqa yordamida reklama qilishga, agar oluvchining maxsus so‘rovi bo‘lmasa, bir manzilga bir varaqdan ortiq bo‘lmagan hajmda bir marta jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi. Mahalliy, shaharlararo yoki xalqaro telefon aloqasidan foydalanilgan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar reklamasi reklama vositalarida tarqatilgan taqdirda quyidagi aniq axborotlardan tarkib topgan bo‘lishi belgilangan: • xizmatning pullik yoki tekin yo‘sinda ekanligi hamda uning qiymati to‘g‘risidagi axborot; • taklif etilgan xizmatning mazmuni to‘g‘risidagi axborot; • xizmat iste’molchilari doirasiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan hamda xizmatning ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan yoshga doir va boshqa cheklashlar to‘g‘risidagi axborot; • telefon aloqa kanalidan pulli foydalanish va tegishli mintaqada xizmatdan 1 minut foydalanishning qiymati to‘g‘risidagi axborot. Taklif etilgan xizmatning qiymati to‘g‘risidagi axborot reklama xizmatini taqsim etish uchun foydalaniladigan telefon raqami terilgan shrift hajmining kamida yarmiga teng hajmdagi shrift bilan bosilishi shart. Militsiya, tez tibbiy yordam, yong‘indan saqlash va shu kabi xizmatlarning bepul xizmat ko‘rsatadigan telefon raqamlaridan reklama tarqatish uchun foydalanish taqiqlanadi. Teleks va faksimil aloqa orqali reklama berishda asosiy e’tibor reklamaning hajmini belgilash xususiyatlariga bag`ishlanadi. Agar reklama oluvchining maxsus so‘rovi mavjud bo‘lmasa, bir varaqdan ortiq hajmda berilishi mumkin emas. Bunga sabab, reklamaning odatda nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilishi hisoblanadi. Shu bilan birga teleks va faksimil aloqaning har doim muayyan faoliyat turini amalga oshirishda ahamiyatini hisobga olib, ularni kimdir tomonidan yuborilayotgan reklama bilan band bo‘lishi esa, teleks va faksimil aloqa vositalari egalarining manfaatlarini poymol etishga olib kelishini ta’kidlash lozim. Maxsus so‘rovsiz yuboriladigan reklama faqatgina bir marta jo‘natilishi mumkinligi belgilangan. Basharti, reklama oluvchining reklama xususidagi maxsus so‘rovi yuborilsa, reklama tarqatuvchi ushbu so‘rov asosida muayyan tovar, ish yoki xizmat xususida to‘liq va atroflicha ma’lumot berishi mumkin. Mazkur holatga nisbatan hech qanday alohida shartlar qonunchilikda mustahkamlanmagan. Odatda so‘rov asosida teleks va faksimil aloqa orqali yuboriladigan reklamaga nisbatan reklamaning barcha turlari uchun belgilangan umumiy shartlar qo‘yiladi. Reklama oluvchining maxsus so‘rovi asosida teleks va faksimil aloqa orqali yuboriladigan reklamaning hajmi va uni necha marotabagacha yuborish mumkinligi xususida hech qanday shart belgilanmaganligi sababli, uning hajmi taraflarning o‘zaro kelishuvi bilan belgilanishini anglab olish mumkin. Reklama oluvchining so‘roviga ko‘ra teleks va faksimil aloqa orqali yuboriladigan reklamaning hajmi va miqdori cheklanmasligi bilan ajralib turadi. Odatda mahalliy, shaharlararo yoki xalqaro telefon aloqasidan foydalanilgan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar jumlasiga telefon orqali pullik so‘zlashuvlarni tashkil etish, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuv shoxobchalari orqali xizmat ko‘rsatish, abonent buyurtmasiga ko‘ra uni shaharlararo yoki xalqaro liniya bilan bog‘lash kabi telefon xizmatlari kiradi. Ana shu xizmatlarni reklama qilish ular qaysi reklama vositalarida berilishidan qat’iy nazar quyidagi ma’lumotlarni o‘zida ifodalashi lozim: a) xizmatning pullik yoki tekin yo‘sinda ekanligi hamda uning qiymati to‘g‘risidagi axborot. Masalan, abonentni boshqa shahardagi abonent bilan telefon orqali bog‘lash, xalqaro telefon so‘zlashuvlari yoki mijozga telefondan foydalanish pullik amalga oshirilishi har qanday bu turkumdagi reklamalarning eng muhim va asosiy ma’lumoti sifatida berilishi lozim; b) taklif etilgan xizmatning mazmuni to‘g‘risidagi axborot. Telefon orqali aynan qaysi turdagi xizmat ko‘rsatilishi aniq berilishi kerak. Bunda “telefon orqali barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi” — shaklidagi ma’lumot reklama sifatida e’tirof etilmaydi. Zero, reklamaga nisbatan qo‘yiladigan shartlarning eng asosiysi ham tovar, ish yoki xizmat haqidagi aniq ma’lumotlarning o‘zida ifodalashi hisoblanadi. Masalan, “Aloqachi” firmasi o‘zining shaharlararo, xalqaro telefon so‘zlashuvlari shoxobchasi orqali mijozlarga Yer sharining istalgan nuqtasidagi telefon tarmog‘i bilan so‘zlashuvni tashkil etishi, bunda mijozlar uchun alohida xonachalar (kabina) mavjudligi, xizmat ko‘rsatish bevosita mijozning o‘zi tomonidan raqamlarni terib to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish orqali amalga oshirilishini reklama qilishi mumkin; d) xizmat iste’molchilari doirasiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan hamda xizmatning ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan yoshga doir va boshqa cheklashlar to‘g‘risidagi axborot. Telefon orqali mahalliy, shaharlararo va xalqaro so‘zlashuvlarni tashkil etish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish odatda har qanday mijozga nisbatan amalga oshiriladi. Biroq mazkur xizmat turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini, haq evaziga amalga oshirilishini hisobga olib, bunday xizmatlardan foydalanuvchilarga nisbatan qonun hujjatlarida yoki xizmatni ishlab chiqaruvchilari tomonidan yoshga doir yoki boshqa cheklashlar belgilanishi mumkin. Masalan, telefon orqali abonentlar tomonidan beriladigan buyurtmada, buyurtma beruvchining yoshi e’tiborga olinishi lozim. Zero, shaharlararo yoki xalqaro liniyada so‘zlashuvlar tannarxi har doim yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shu sababli keyinchalik abonent va telefon aloqalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida nizo vujudga kelmasligi uchun, telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi shaxs buyurtmachining yoshi hisobga olinishi haqidagi shartni reklamada joylashtirishi lozim. Yoshga doir cheklashlar bilan birga telefon aloqalari bo‘yicha xizmatdan foydalanish davomida muayyan qoidalarga amal qilish, so‘zlashuv davomida axloq qoidalaridan chetga chiqmaslik kabi shartlar ham reklamada o‘z ifodasini topishi kerak; g) telefon aloqa kanalidan pulli foydalanish va tegishli mintaqada xizmatdan 1 minut foydalanishning qiymati to‘g‘risidagi axborot. Bunday axborot muayyan hududlar va mintaqalar doirasidan kelib chiqib turlicha bahoda amalga oshirilishi haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston hududida shaharlararo telefondan foydalanishining 1 minuti 75 so‘m, Markaziy Osiyo davlatlarida joylashgan shaharlarga telefonda so‘zlashuvning har bir minuti 200 so‘m, Sharqiy Yevropa davlatlaridagi shaharlarga esa 500 so‘m kabi muayyan narxnoma reklamada o‘z ifodasini topishi lozim. Reklama tarqatish uchun foydalanish taqiqlangan telefon raqamlari jumlasiga quyidagilar kiradi: • militsiya; • tez tibbiy yordam; • yong`indan saqlash; • shu kabi xizmatlarning bepul xizmat ko‘rsatadigan telefon raqamlari.
    Telefon va hujjatli elektron aloqadan foydalangan tarzda reklama qilishga bog‘lansada, kompyuter, elektron pochta va Internet tarmog‘i orqali reklama qilish qoidalarini belgilamaydi.
    O‘zbekiston qonunchiligida elektron pochta va Internet tarmog‘i orqali qilinadigan reklamani huquqiy tartibga solishga qaratilgan normalar o‘z ifodasini topganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    HOVLI PULI — XIX asrda Xiva xonligida mavjud bo‘lgan soliq turi. U tutun puli deb ham atalgan. HUDUDIY (respublika) G‘AZNA HISOBVARAG‘LARI

    Download 0,64 Mb.