• IKKI MARTA SOLIQQA TORTISH
  • IKKI POG‘ONALI BANK TIZIMI
  • IKKI TOMONLAMA SUG‘URTA
  • IKKI MARTA GAROVGA QO‘YILGAN OBLIGATSIYALAR (umumiy garovga qo‘yilgan obligatsiyalar)




    Download 0,64 Mb.
    bet301/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IKKI MARTA GAROVGA QO‘YILGAN OBLIGATSIYALAR (umumiy garovga qo‘yilgan obligatsiyalar) - garovga qo‘yilgan obligatsiya turi. Shular bo‘yicha da’vo birinchi garov egasi bilan hisob-kitob qilingandan keyin, ammo boshqa investorlar bilan hisob-kitob qilinganga qadar qondiriladi. I.m.g.q.o. birinchi garovga qo‘yilgandan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, odatda eng yuqori foiz keltiradi. I.m.g.q.o. birinchi garovga qo‘yilganlar muomalada bo‘lganda joylashtiriladi.
    IKKI MARTA SOLIQQA TORTISH — 1) soliqlarni daromad (kapital) ning yagona manbaidan olinishi; 2) qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisining foydasini xorijga o‘tkazilayotgan paytda soliqqa tortish va xuddi shu foydani xorijiy ishtirokchi mamlakatida soliqqa tortilishi; 3) sof foyda (daromad) (korporatsiyalar foydasi) va undan to‘lanadigan dividendlarni ular shaxsiy daromadga aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to‘langan soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda soliqqa tortishdan ozod qilish yo‘li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish mumkin. 1979-yilda BMT tomonidan manfaatdor davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ikki marta soliqqa tortishga barham berish uchun maxsus konvensiya ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan o‘rnatilgan soliqqa tortish tartibiga ko‘ra qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisi o‘z foydasini xorijga o‘tkazayotgan paytda qo‘shimcha soliqdan ozod qilinadi.
    IKKI POG‘ONALI BANK TIZIMI — bank tizimining zamonaviy shakli bo‘lib, yuqori pog‘onada markaziy bank quyi pog‘onada bank va nobank kredit tashkilotlaridan iborat tizim hisoblanadi.
    IKKI TOMONLAMA INVESTITSION SHARTNOMA - ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida investitsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuziladigan maxsus shartnoma.
    IKKI TOMONLAMA LISTING – qimmatli qog‘ozlarni bir paytning o‘zida ikkita birjada savdoga qo‘yish.
    IKKI TOMONLAMA SUG‘URTA — sug‘urta himoyasining shunday shakllaridan biriki, unda sug‘urta qildiruvchilar (fuqarolar va yuridik shaxslar) zarur mablag‘larni kiritish yoki ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlariga birlashadilar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IKKI MARTA GAROVGA QO‘YILGAN OBLIGATSIYALAR (umumiy garovga qo‘yilgan obligatsiyalar)

    Download 0,64 Mb.