• ILMIY ABSTRAKSIYA
  • ILMIY BILISH
  • ILMIY MAVHUMLASHTIRISH (abstraksiya)
  • ILMIY-TEXNIKAVIY POTENTSIAL
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet302/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IKKI TOMONLAMA TEXNIK HAMKORLIK — donor mamlakat bilan texnik yordam olayotgan mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi.
    IKKIYOQLAMA HISOB – yalpi milliy mahsulot qiymatiga oraliq mahsulot va xizmatining qiymatini takror yoki bir martadan ortiq kiritish.
    ILMIY ABSTRAKSIYA – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, tahlil paytida xalaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea-hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, fikrni asosiy o‘rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga qaratishdir.
    ILMIY ASOSLANGAN ISTE’MOL BUDJETI – iqtisodchilar, tibbiyotchilar, sotsiolog mutaxassislar tomonidan insonni normal takror ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan istemol buyumlari va xizmatlarini yig‘indisini pul ko‘rinishidan iboratdir.
    ILMIY BILISH — olamning, jumladan iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy hodisalar, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarning ham, mohiyatlarini to‘g‘ri tasavvur qilish.
    ILMIY BILISH USLUBIYATI — iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy hodisalarni ilmiy bilish tamoyillari, qonun-qoidalari, yo‘llari.
    ILMIY MAVHUMLASHTIRISH (abstraksiya) — iqtisodiy jarayonlar, hodisalar va ular o‘rtasidagi mohiyatli bog‘lanishlarni o‘rganish jarayonidagi ilmiy bilish tamoyillaridan eng muhimi bo‘lib, bunda ularni o‘rganishda e’tiborni eng muhim va asosiylariga qaratilib, ikkinchi va muhim bo‘lmaganlari e’tibordan soqit qilinadi.
    ILMIY-TEXNIKAVIY POTENTSIAL — mamlakat ilmiy-texnikaviy taraqqiyot vazifalarini hal qilishga mo‘ljallangan kadrlar, moddiy-texnikaviy, axborot va tashkiliy resurslarning jamlanmasi.
    IMIJ (lot.) — shaxsning real yoki ko‘rinish tasavvuri, qiyofasi, u to‘g‘risida axloqiy usul, tasavvur. Odatda, yutuqlari obro‘siga, erishilgan hurmat va ko‘plab kishilar ishonchiga bog‘liq bo‘lgan jamiyat arboblariga ma’lumotnoma berish va munosabatni ifodalash uchun foydalaniladi. I. stixiyali tashkil etilishi mumkin, ammo ko‘proq ommaviy qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor bo‘lgan kishilar o‘z I. ustida ongli ravishda ishlaydilar, tez-tez konsultantlar (psixologlar, rejissyorlar, reklama bo‘yicha mutaxassislar) xizmatiga murojaat qiladilar va tanlagan rollarida yuqori ustalik mahoratiga erishadilar. I. ifodalovchining yutug‘i ko‘p tomondan irratsional omillar bilan belgilanadi, uning o‘z obrazi, axloqiy usuli ongli ravishda manipulyatsiya etishni inkor etmaydi. Ishbilarmon odam uchun har doim ishonchlilik, qat’iyatlilik o‘zini yo‘qotmaslik va shu bilan bir qatorda ko‘ngilchanlik, ochiq chehralilik, odamlardan begonalashib ketmaslik fazilatlari birinchi o‘rinda bo‘lmog‘i lozim. O‘zining gangib qolmasligi, yomon kayfiyatini, g‘azablanganligini bildirmaslikni o‘rganishi kerak. Taqlid qilish uchun qandaydir axloqiy ko‘rinishni tanlash mumkin. Ammo oshirib yubormaslik kerak eng halokatlilik — notabiiy, qalbaki bo‘lib ko‘rinishdir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.