• HARAKATCHAN (yoki mobil) OMIL
  • HAYOTIY SIKL MONITORINGI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet283/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    HAJM KO‘RSATKICHLARI — yalpi, tovar, sotilgan, sof va ma’yoriy sof mahsulotlar.
    HANG-SENG KO‘RSATKICHI — Gonkong birjasidagi yetakchi ko‘rsatkich.
    HAQIQIY XARAJATLAR — Tashkilotlar, muassasalar, budjet mablag‘lari boshqa oluvchilarining tagishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan haqiqiy chiqimlari, shu jumladan kraditorlarning to‘lanmagan hisobvarag‘lari bo‘yicha, hisoblab chiqilgan ish haqi, stipandiyalar, nafaqalar bo‘yicha qilingan xarajatlar haqiqiy xarajatlar hisoblanadi.
    HARAKATCHAN (yoki mobil) OMIL — tarmoqlar o‘rtasida erkin harakatlanadigan ishlab chiqarish omili.
    HAVODA REKLAMA; HAVO MAKONIDA REKLAMA (ingl. Aerial advertising) — samolyotlar, avialaynerlar yoki havo sharlarida o‘rnatiladigan reklama. Havo makonidagi reklamaga oid ikkita yorqin misol: Dunlop va Fuji Film kompaniyalari logotiplari va sloganlari reklamasi joylashtirilgan avialaynerlar. Aynan shu maqsadlarda aeroplanlardan ham foydalaniladi. Aeroplanlarga trassalar yoki sim arqonlarda bannerlar va strimetrlar mahkamlab qantarib qo‘yiladi, biroq odamlar g‘uj yashaydigan mavzelarda bunday reklamadan foydalanish qonun bilan taqiqlangan. Reklamaning bu turi dengiz kurortlarida ommaviy tus olgan: dengiz qirg‘og‘idan bir necha yuz metrlab narida sohil chizig‘i bo‘ylab parvoz qilayotgan aeroplan ortidan ulkan bannerlar hilpirab osilib turadi. Homiylar reklamasi esa ko‘pincha qizdirilgan havo bilan to‘ldirilgan havo sharlariga joylashtiriladi. Ayrim havo sharlari tuzilishi va konstruksiyasi reklama qilinayotgan mahsulot qadog‘i shaklini ham aynan takrorlaydi. Masalan, Coca cola, Pepsi cola shisha butilkalari yoki Virgin colatunuka butilkalari ko‘rinishidagi havo sharlari ko‘p hollarda ommaviy xalq sayillari mahalida havoga uchiriladi.
    HAYOTIY SIKL MONITORINGI — tegishli bozorlarda tovarlar ilgari siljishini ularning hayotiy sikli asosida tadqiq etish va tahdid qilish. Nazariy jihatdan olganda, bu to‘g‘ri metoddir. Boshqa bir tomondan olganda esa, u cheklangan bo‘lishi va faqat to‘g‘ri chiziq shaklida mavjud bo‘lishi mumkin, xolos. Buni quyidagi misol bilan tushuntirish mumkin: basharti, tovar hayot sikli kategoriyalari asosida fikr yuritilsa, go‘yoki tovar o‘lim ostonasiga yaqin turgandek tuyulishi ham mumkin. Mabodo, agar biznes kategoriyalariga, marketingga xos oqillik va tajribakorlikka tayanib fikr qilinsa, tovar umrini uzaytirish va foyda olish uchun atigi yangi ingredient yoki yangi yorliq kerak bo‘ladigandek tuyulishi ham mumkin.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.