|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 321/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INTERNATSIONAL QIYMAT — jahon xo‘jaligida tovar ishlab ch i q a r i shga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari. Rivojlangan ijtimoiy mehnat taqsimoti va xalqaro kapitalistik savdo sharoitlarida I.q. jahon bahosini tashkil etish asosida yotuvchi internatsional ishlab chiqarish bahosiga aylanadi. Ishlab chiqarishning iqtisodiy shart-sharoitlari har xil mamlakatlarda bir xil emas, har bir mamlakat uchun mehnat intensivligi va mehnat unumdorligining ma’lum milliy darajasi xarakterlidir. Shuning uchun har bir mamlakat o‘zining milliy qiymatini belgilovchi tovarlar ishlab chiqarishga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari darajasiga ega. Xalqaro tovar muomalalarining rivojlanishi va ishlab chiqarishning internatsionallashuvi munosabati bilan qiymat ham internatsional kategoriya hisoblanadi. Jahon bozorida tovarlar realizatsiya qilinganda ayrim mamlakatlarning milliy mehnati jahon xo‘jaligidagi jami mehnatning umumiy sifatida tan olinadi. Har bir mamlakatdagi mehnat xarajatlari jahon ijtimoiy zarur mehnatga nisbatan individual mehnat hisoblanadi.
INTERNET (ingl. Internet) — yagona tilda muloqot qiluvchi kompyuterlarning butun dunyo bo‘ylab (global) tarqalgan tarmog‘idir. U xalqaro telefon tarmog‘iga o‘xshash: hech kimga tobe emas va uni hech kim to‘laligicha boshqarmaydi. Bunga qaramasdan, u shunday bog‘langanki, go‘yoki, u faqat va faqat sizga ishlagandek imkon yaratadi. Bugungi kunda Internet 190 dan ziyod mamlakatda 600 millionga yaqin abonentga ega. Tarmoq hajmi har oyda 7—10% ga ko‘paymoqda. Tarmoqdagi barcha kompyuterlarning yagona umumiy tili — TCP/IP tili deb nomlanadi. Kompyuterdan foydalanuvchilar bu til orqali o‘zaro muloqotda bo‘ladilar.
Internetning tarixi 1969-yildan boshlanadi. 1969-yilda AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) mutaxassislari tomonidan Arpanet deb atalgan kompyuter tarmog‘i yaratildi. 1972 - yilda Arpanetra AQShning harbiy bo‘lmagan muassasalari ham ulandi. 1973 - yilda Buyuk Britaniya va Norvegiya bilan aloqa kanallari o‘rnatildi. 1977 - yilda Arpanetr AQShdagi va rivojlangan mamlakatlardagi aloqa tarmoqlari qo‘shila boshladi. Buning natijasida yer yuziga tarqalgan global kompyuter tarmog‘i — Internet vujudga keldi.
|
| |