|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 329/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INVESTITSIYA AKTIVLARI — qimmatli qog`ozlar, pul mablag‘lari va qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlari deb e`tirof etiladigan boshqa mol-mulk.
INVESTITSIYA BANKLARI (nem., fr.) — har xil korxonalar va ko‘plab tarmoqlarni moliyalash va uzoq muddatli kreditlashga ixtisoslashgan banklar. Odatda, bank tomonidan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish, ya’ni qimmatbaho qog‘ozlarga pul qo‘yishni amalga oshiruvchi moliyaviy investitsiyalar va kapitalni sanoatga, qurilishga, qishloq xo‘jaligiga, ya’ni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari ob’ektiga solish orqali amalga oshiriladigan “real” investitsiyalar farq qiladi.
INVESTITSIYA BUDJETI – korxonaning budjet davridagi kapital 266 xarajatlari va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalari rejasi.
INVESTITSIYA DASTAKLARI — bank depozitlari, jamg‘arib boriladigan sug‘urta dasturlari, aksiyalar, qimmatbaho qog‘ozlar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk, qimmatbaho metallar va toshlar, antikvariatlar, kolleksiya predmetlari va boshqalardan iborat.
INVESTITSIYA DASTURI – 1) ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakat yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital kiritish uchun ishlab chiqilgan dastur; 2) I.d.– respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom- ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar kompleksi; 3) I.d. — iqtisodiyotga sarflanayotgan kapital qo‘yilmalarning ustuvor yo‘nalishlari va ulardan samarali foydalanishni belgilab beruvchi ijtimoiy- iqtisodiy va xo‘jalik qarorlari yig‘indisi.
INVESTITSIYA DILERI (nem.) — ushbu firma bilan bog‘liq bo‘lgan firma yoki ayrim shaxs, qimmatbaho qog‘ozlar bozorida vositachilik bilan shug‘ullanadi. I.d. diler rolida chiqadi va anderaytingni, ya’ni qayta sotish maqsadida ularning egasi bo‘lish uchun barcha yangidan chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlar yoki uning qismiga obunani amalga oshiradi. Uning ikkinchi muhim funksiyasi qimmatbaho qog‘ozlarning ikkinchi muomalasiga xizmat qilishdir, bunda u broker rolini bajaradi, ya’ni mukofot olish uchun mijozning topshirig‘iga binoan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib oladi va sotadi, ammo ularning egasi bo‘la olmaydi. I.d. prinsipal rolida ham chiqadi, ya’ni bahoni barqarorlashtirish maqsadida qimmatbaho qog‘ozlarni sotib oladi va sotadi.
|
| |