|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 332/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)INVESTITSIYA KOMPLEKSI - investitsiya faoliyatini ta’minlovchi tashkilotlar, korxonalar va firmalar majmuasi.
INVESTITSIYA LOYIHASI – 1) aniq, puxta o‘ylangan g‘oyaga, maqsadga ega bo‘lgan (shu jumladan kapital qurilish ham), uni amalga oshirish uchun investitsiya qo‘yilishini talab qiladigan xarajat dasturi; 2) I.l. – berilgan vaqt mobaynida aniq maqsad bilan belgilangan vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bir-biriga bog‘liq tadbirlar majmuidir.
INVESTITSIYA MUHITI – 1) investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui; 2) I.m. – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy – huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui; 3) I.m. — kapital qo‘yilmalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig‘indisi.
INVESTITSIYA NORMASI – investitsiya hajmining yalpi ichki mahsulotga bo‘lgan nisbati.
INVESTITSIYA PORTFELI — qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkonini beruvchi investitsion dastaklar yig‘indisidan iborat.
INVESTITSIYA SERTIFIKATI (nem., fr.) - ma’lum daromad olishga huquq beruvchi qimmatbaho qog‘ozlarning maxsus fondida (investitsiya fondida) hissasi (qatnashish) to‘g‘risida guvohnoma. I.s. qat’iy foizli qimmatbaho qog‘ozlarga ham, aksiyalarga ham o’tkazilmaydi. I.s. bahosi investitsiyaviy fondga kiritilgan aksiyalar va obligatsiyalar talabi o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi. Har kuni I.s. baholari fond qiymatini I.s. soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. I.s. unchalik ko‘p bo‘lmagan birjalarga ruxsat berilgan (masalan, Nyu-York, London, Syurix).
INVESTITSIYA SIYOSATI - 1) investitsiya faoliyatini jonlantirish, iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muommolarni hal qilish maqsadida iqtisodiy sub`ektlar uchun qulay xo‘jalik yuritish sharoitlarni yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmui; 2) I.s. investitsiya faoliyatini jonlantirish, iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida iqtisodiy sub’ektlar uchun qulay xo‘jalik yuritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar majmui.
|
| |