• INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGI
  • INVESTITSIYALARNI KAFOLATLASH BO‘YICHA KO‘P TOMONLAMA AGENTLIK (MIGA)
  • INVESTITSIYALASH
  • INVESTITSIYAVIY FAOLLIK
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet333/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    INVESTITSIYALAR BOZORI – pul bozorining bir turi bo‘lib, bunda bozor munosabatlarining ob’ekti kapital qo‘yilmalari hisoblanadi.
    INVESTITSIYALAR MARKAZI – bo‘linma rahbari nafaqat daromad va xarajatlarga, balki kapital qo`yilmalarga ajratilgan mablag‘larning oqilona sarflanishiga ham javob beradigan markaz turi.
    INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGI – 1) milliy daromad (foyda) o‘sgan qismining investitsion sarflari summasiga nisbatining foizdagi ifodasi; 2) I.s. milliy daromad (foyda) o‘sgan qismining investitsiya sarflariga nisbatining foizlardagi ifodasi.
    INVESTITSIYALARNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH - mablag‘larni turli sohalarga sarflash. Bu mablag‘ sarflash tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi.
    INVESTITSIYALARNI KAFOLATLASH BO‘YICHA KO‘P TOMONLAMA AGENTLIK (MIGA) - 1988-yilda a’zo mamlakatlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tashkilot.
    INVESTITSIYALARNI KAFOLATLASH BO‘YICHA XALQARO AGENTLIK (IKXA) — 1988 - yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifasi xorijiy investorlarni, notijorat xarakterdagi risklardan kafolatlash orqali a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar oqimini oshirishga ko‘maklashish.
    INVESTITSIYALASH – bu asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish hamda kelgusida foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni uzoq muddatga kiritish degan ta`rifdan kelib chiqsak, tabiiyki, resurslarni kiritishning asosiy jihati xususiy mablag‘lar va investorlarning qarz mablag‘larini yangi qiymatini hosil qiladigan ishlab chiqarish aktivlariga aylantirishdan iborat.
    INVESTITSIYAVIY FAOLLIK – turli iqtisodiy sub`ektlar (davlat, korxona va tashkilotlar, jamg‘armalar va h.k.) ning daromad olish maqsadida milliy yoki xorijiy iqtisodiyotlarga investitsiya resurslarni kiritishga intilishi.
    INVESTITSIYAVIY HAMKORLIK – xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish natijasidagi ustunliklaridan foydalanish orqali davlat tomonidan iqtisodiyotda nisbatan yuqori natijalarga erishish, texnologik ishlab chiqarish tuzilmasini yangilash kabi natijalarni maqsad qiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.