|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 336/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IPOTEKA BANKI (grek., fr.) — ko‘chmas mulkni (yer, qurilish) garovga qo‘yish bilan uzoq muddatli pul ssudasi beriladigan kapitalistik mamlakatdagi yer banki. Bu bank kichik va o‘rta hol dehqonlar va fermerlarni xonavayron qilib qo‘yilgan ko‘chmas mulkni ta’minlaydigan garov varaqalari ham chiqaradi. Qarzdorning qo‘yilgan yer uchun oladigan shunday ssudaga buyruq berish huquqi cheklangan bo‘ladi. Kichik va o‘rta dehqonlarning garovga qo‘yilgan yerlari asta- sekin kreditor mulkiga aylanadi.
IPOTEKA BOZORI — ssuda kapitallari bozorining tarkibiy qismi bo‘lib, bunda ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish bilan kreditlar berishdan foydalanadi, ipoteka obligatsiyalari chiqarish orqali uzoq muddatli pul jamg‘armalari to‘planadi. I.b. ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh, Kanada, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyada keng rivojlandi.
IPOTEKA INQIROZI — ipoteka bozori bilan bog‘liq holda chiqarilgan derivativlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan inqiroz.
IPOTEKA KREDITI (grek., lot.) — 1) joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga barpo etiladigan uy-joy garovi ostida beriladigan uzoq muddatli kredit. Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida beriladi; 2) I.k. — kapitalistik mamlakatlarda ko‘chmas mulkni garovga qo‘yib beriladigan uzoq muddatli ssudalar. I.k. quldorlik davrida vujudga kelgan va feodalizm sharoitlarida anchagina tarqalgan, ammo kapitalizm davrida yuqori taraqqiyot darajasiga erishgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ham I.k. dan har tomonlama foydalanish imkoniyati bor; 3) I.k.— sotib olinayotgan ko‘chmas mulkni garovga olish orqali uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun beriladigan kredit.
IPOTEKA OBLIGATSIYALARI (grek.) — ko‘chmas mulk bilan ta’minlash va qat’iy foiz keltirish uchun chiqariladigan uzoq muddatli qimmatbaho qog‘ozlar.
IQTISOD - 1) xarajatlarda ehtiyotkorlik, tejamkorlik; 2) ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining yaxlitligi, ya’ni ishlab chiqarish usuli (masalan kapitalistik iqtisod, bozor iqtisodi kabi); 3) iqtisod turli tarmoqlaridagi iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadigan fanlar (masalan qishloq xo‘jaligi iqtisodi, sanoat iqtisodi kabi); 4.(inglizcha “ekonomiks”, ruscha “ekonomika”so‘zlari bildiradigan ma’nolarni) kishilarning cheksiz o‘sib borayotgan ehtiyojlarini cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ular uchun zarur yashash vositalarini ishlab chiqarishdan iste’molgacha bo‘lgan faoliyatlarini ilmiy o‘rganadigan fan.
|
| |