|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 337/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IQTISODNI TARTIBLASH - davlatning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tuzumni mustahkamlash va uni doimo o‘zgarib turuvchi sharoitlarga moslashtirish borasidagi faoliyati.
IQTISODNI TARTIBLASHNING BEVOSITA USULLARI - davlat tomonidan iqtisodni tartiblashning taqiqlash, ruxsat berish va majburlash xususiyatiga ega bo‘lgan ma’muriy chora-tadbirlari.
IQTISODNI TARTIBLASHNING BAVOSITA USULLARI - davlat tomonidan iqtisodni tartiblashda iqtisodiy dastak va vositalaridan foydalanish chora-tadbirlari.
IQTISODNI TARTIBLASHNING BOZOR MEXANIZMI - bozor regulyasiyasiga asoslanadi. Bozor regulyasiyasi asosida narx turadi. Narx o‘zgarishlariga xo‘jalik faoliyatlarining moslashib borishi iqtisodning tartiblanib turishini ifodalaydi. Ma’lumki, narx-navo. U barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi. Narx pasaysa tovarlar kasod bo‘ladi va ularni ishlab chiqarish pasayadi va to‘xtatiladi. Ular o‘rniga yangi tovarlar ishlab chiqarila boshlaydi. Aksincha, narx ko‘tarilsa, tovarlar bozorbop bo‘ladi va ularni ishlab chiqarish ko‘payadi. Demak, narx firmalarni bozorbop tovarlar ishlab chiqarishga undab turadi va ular faoliyatlarini boshqarib boradi.
IQTISODNI TARTIBLASHNING DAVLAT MEXANIZMI - davlat tomonidan iqtisodni tartiblashning taqiqlash, ruxsat berish va majburlash xususiyatiga ega bo‘lgan ma’muriy chora-tadbirlarini amalga oshirishda qo‘llaydigan iqtisodiy dastak va vositalari.
IQTISODNING AGRAR SEKTORI - iqtisodning eng qadimiy tarmog‘i. U ikki muhim vazifani bajaradi: 1) aholini oziq-ovqat, dori-darmon, ekologik, estetik va hokazo ehtiyojlarini qondiradi; 2) iqtisod boshqa tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasi agrar sektorida ish bilan band bo‘lganlarning sal kam uchdan bir qismi faoliyat ko‘rsatmoqda va ular yalpi ichki mahsulotning to‘rtdan bir qismini ishlab chiqarishmoqda. Mamlakat eksportining beshdan bir qismini paxta xom- ashyosi tashkil etmoqda.
IQTISODNING ANTIMONOPOL YO‘NALISHI - monopolistik birlashmalar paydo bo‘la boshlagan XIX asrdayoq ularning jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotiga to‘siq ekanligini anglagan holda Yevropa mamlakatlarida trestlarga qarshi qonunlar qabul qilingan edi. Bunday qonunchilik muttasil rivojlanib va takomillashib bordi. Mulkni natsionalizatsiya etish yo‘li bilan ishlab chiqarish vositalariga davlat(umumxalq) mulkchiligi o‘rnatilib davlat monopolistik sotsializmi shakllangan rejali iqtisoddan farqli ravishda bozor iqtisodi antimonopol yo‘nalishda bo‘ladi. Chunki talab va taklif, raqobat kurashi kabi bozor qonunlari orqali boshqariladigan jamiyatning tabiatiga raqobat kurashini yo‘qqa chiqaruvchi monopoliyalar hukmronligi sig‘ishmaydi. Shuning uchun O‘zbekistonda ham 1992 yili “Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida” va 1996 yili “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonunlar qabul qilingan. Bundan tashqari ba’zi davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham, antimonopol faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus tuzilmalar ham yaratilgan.
|
| |