• IQTISODIY NISBATLAR
  • IQTISODIY NOCHOR KORXONALAR
  • IQTISODIY POTENSIAL (ing.)
  • IQTISODIY QONUN
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet345/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IQTISODIY MUVOZANATLIK – 1) iqtisodiy jarayonlarda uning ikki tomonini bir- biriga tengligidir. Bunga misol, mavjud iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlarining bir-biriga teng kelishidir; 2) iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.
    IQTISODIY NISBATLAR - iqtisod turli tomonlari (jamg‘arish va iste’mol, yalpi talab va yalpi taklif, ishlab chiqarish moddiy va shaxsiy omillari, iqtisod tarmoqlari va hokazolar o‘rtasidagi bog‘lanishlar. Ular o‘zaro teng va tengsiz bo‘lishi mumkin.
    IQTISODIY NOCHOR KORXONA – kreditorlarning tovar (ish, xizmat)lar haqini to‘lash bo‘yicha talablarini qondirish, shuningdek, budjet va nobudjet fondlariga majburiy to‘lovlarni ta’minlashga layoqatsiz bo‘lgan korxona.
    IQTISODIY NOCHOR KORXONALAR – muayyan miqdorda kapital yo‘qotish, ishlab chiqarish maydonlarining qisqarishi, ishsizlar sonining ortishi, raqobatbardosh bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda materiallar, xom- ashyo, yonilg‘i, mehnat resurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz korxona.
    IQTISODIY POTENSIAL (ing.) — mamlakat milliy iqtisodiyoti tarmoqlarining mahsulot ishlab chiqarish, kapital qurilishni amalga oshirish, yuklarni tashish, aholiga zarur xizmatlar ko‘rsatishdagi jami qobiliyati. Fan va texnika, ishlab chiqarish quvvatlari hajmi, transport vositalari va mehnat resurslarining mavjudligi, ularni sifatli professional tayyorlash, noishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanish darajasiga va h.k. erishish bilan aniqlanadi. Eksport potensialni yaratish uchun zarur sharoitlar tashkil etiladi.
    IQTISODIY QONUN – mavjud jarayonga xos bo‘lgan barqaror, puxta, ko‘p marta qaytarilib turuvchi hodisa va ichki, mohiyatli, zaruriy, sabab-oqibat, doimiy, umumiy, sifatiy va miqdoriy o‘zaro munosabatlar aloqalarining aks etishidir.
    IQTISODIY QONUNLAR – 1) iqtisodiy jarayonlar o‘rtasidagi doimiy takrorlanib turadigan, barqaror aniq sabab-oqibat aloqalarini, ularning bog`liqligini ifodalovchi voqea hodisalar; 2) I.q. - ishlab chiqarish munosabatlari tizimida mavjud, zaruriy, barqaror, takrorlanib turuvchi va o‘zaro sababiy aloqadorlikda bo‘luvchi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning mohiyatini ifodalaydi. I.q. ob’ektiv xarakterga ega, ammo tabiat qonunlaridan o‘zining tarixiyligi va kishilar faoliyati asosida namoyon bo‘lish bilan farq qiladi. O‘zining amal qilish jarayoniga qarab jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiluvchi umumiqtisodiy qonunlarga (Mehnat unumdorligining oshib borishi, vaqtni tejash, ehtiyojning o‘sib borishi), bir necha formatsiyalarda amal qiluvchi qonunlarga (qiymat qonuni), ayrim formatsiyada amal qiluvchi qonunlarga (qo‘shimcha qiymat qonuni) bo‘linadi; 3) I.q. iqtisodiy hayotning turli tomonlarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi; 4) I.q. iqtisodiy hodisalar va iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro mohiyatli, ularning ichki xususiyatlaridan chiqib keladigan va agar shart-sharoitlar o‘zgarmasa bir xilda takrorlanadigan sabab-natija bog‘lanishlari.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.