Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




Download 0,64 Mb.
bet341/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

IQTISODIY INTEGRATSIYA — iqtisodiy rivojlanish darajasi ko‘p hollarda bir xil bo‘lgan milliy iqtisodiyotlar o‘rtasida chuqur iqtisodiy aloqalar va mehnat taqsimotining rivojlanib borish jarayoni. U xalqaro hamkorlik o‘sishida yuz beradigan mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni qamrab olish bilan cheklanmay, bu mamlakatlar moddiy ishlab chiqarish sohalarini ham har tomonlama o‘z maydoniga tortadi, ularning tizimlari o‘rtasida turli darajada va turli shakllarda o‘zaro chuqur aloqalar o‘rnatilishini taqozo qiladi. Iqtisodiy integratsiya umumiy integratsiyaning eng muhim qismi va hal qiluvchi yo‘nalishi bo‘lib, uning quyidagi asosiy shakllari mavjud: 1) erkin savdo mintaqasi; 2) bojxona ittifoqi; 3) umumiy bozor; 4) to‘liq iqtisodiy ittifoq. Iqtisodiy integratsiyaning o‘ziga xos xususiyati uning mintaqaviy xarakterga ega ekanligidadir: odatda uning rivojlanishi uchun, birinchidan, siyosiy zamin zarur va ikkinchidan, iqtisodiy hudud jihatidan o‘zaro yaqin joylashgan mamlakatlar o‘rtasida amalga oshadi. Hozirgi davrda dunyoda o‘nlab mamlakatlarning iqtisodiy birlashmalari mavjud. Masalan, integratsiya jarayonlari G‘arbiy Yevropa (Yevropa hamkorligi), Janubi-sharqiy Osiyoda (ACEAEI), Shimoliy Amerikada (NAFTA) tez sur’atlarda rivojlanmoqda. O`zbekistan Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng turli darajada integratsiya jarayonlarida faol qatnashmoqda. Bunga mamlakatimizning mintaqaviy darajada — Markaziy Osiyo, submintaqaviy darajada — MDH, global darajada — Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotida integratsiya jarayonida ishtirokini misol sifatida keltirish mumkin. Globalizatsiya jarayonlarining tezlashishi va kengayishi tufayli integratsion jarayonlarda birinchi o‘ringa iqtisodiy omillar chiqmoqda. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) va Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatining (YvrAzES) istiqboli o‘ta samarali. Natijada yonilg‘i-energetika majmuini, transport va axborot tizimlari, erkin savdo hududi va bojxona ittifoqini tashkil etish; banklararo hisob-kitoblarning samarali mintaqaviy tizimini shakllantirish; budjet siyosati, pul-kredit, valuta munosabatlarida mutanosiblikka erishish; huquqiy-normativ aktlar muvofiqligiga erishish; qo‘shma korxona, moliya-sanoat guruhlarini tuzish; ishlab chiqarish kooperatsiyasining turli xil davlatlararo shakllarini amalga oshirish mumkin. Bu borada istiqbolli ishlar olib borilmoqda.

Download 0,64 Mb.
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

Download 0,64 Mb.