• IQTISODIY TANLOV ASOSIDAGI TAQSIMOT
  • IQTISODIY TIZIM (ingl. economic system)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet349/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    IQTISODIY TAKLIF — iqtisodiyot nazariyasiga ko‘ra inflyatsiya bilan kurashish uchun adekvat tovarlar taklifi, ularni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun kapital mablag‘larni ko‘paytirishning eng yuqori sur’atlari zarur. Bosh vosita — soliqlarni kamaytirish.
    IQTISODIY TAHLILNING MAXSUS USULLARI - taqqoslash, guruhlashtirish, mutloq va nisbiy miqdorlar, indeks, dinamika, bartaraf etish, zanjirli bog`lanish, yetakchi bo‘g`inni ajratib qo‘yish, koeffisientlar, foizlar, o‘rtacha miqdorlar, qayta hisoblash, ko‘rsatkichlarning bajarilish foizi va o‘sish sur’atidagi farq, mutloq farq kabilar.
    IQTISODIY TANLOV ASOSIDAGI TAQSIMOT – bunda har kim o‘zining YAIMni yaratishida qo‘shgan hissasiga qarab turib ulushini oladi.
    IQTISODIY TENGSIZLIK - kishilarning qobiliyatlari va ehtiyojlaridagi, mulkdan oladigan daromadlaridagi tafovutlar, davlat iqtisodiy siyosatidagi differensial yondashuv va hokazolar natijasida aholi daromadlari va ehtiyojlarini qondirishlaridagi farqlar.
    IQTISODIY TIZIM (ingl. economic system) — mamlakat iqtisodiyotini elementlar yig‘indisidan tarkib topgan tizim sifatida tasavvur va taqdim etishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida iqtisodiy tizimni ikki kichik tizim tariqasida tasavvur etish keng tarqaldi: mikro va makro darajadagi iqtisodiyot, ya’ni mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot. Ana shu kontekstda makrodaraja, masalan, O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik va ijroiya hokimiyatining hukum va mintaqaviy organlari, mahalliy hokimiyat organlari vositasida ifoda etilgan. Mikrodaraja esa, turli-tuman tashkiliy- huquqiy shakllarning yig‘indisi sifatida, mulkchilik shakllari nuqtai nazaridan esa yirik, o‘rta va kichik biznes yig‘indisi sifatida o‘rganilishi mumkin.
    Har qanday boshqa bir tizim kabi, iqtisodiy tizim ham uning tarkibiy elementlari o‘rtasidagi aloqa va bog‘liqlik bilan xarakterlanadi. Ana shu aloqa esa ob’ektiv iqtisodiy qonunlar ta’siri ostida shakllanadi, binobarin, mazkur aloqa pishiq- puxta o‘ylanmagan boshqaruv qarorlari bilan to‘xtatib qo‘yilishi va iqtisodiy tizimning progressiv rivojlanishiga xalaqit berishi mumkin.
    IQTISODIY TRENING – boshqaruvchilik harakatlari samaradorligini baholab hisob-kitob qilishga imkon beruvchi kompyuter o‘yini.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.