|
IRRIGATSIYA – suv resurslari bilan ta’minlash va suv inshootlari faoliyatini tartibga soluvchi tizim.
ISLOHOT
|
bet | 357/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IRRIGATSIYA – suv resurslari bilan ta’minlash va suv inshootlari faoliyatini tartibga soluvchi tizim.
ISLOHOT - turli ravishda o‘tkazilgan o‘zgarish: isloh qilish, reforma. Iqtisodiy-islhot iqtisodni inqiroz holatidan chiqarish borasida o‘tkazilgan chora tadbirlar.
ISLOHOTLAR KONSEPTSIYASI - 1) islohotlarning bosh maqsadi va yo‘nalishlari, ularga erishishning strategik yo‘llari va maqsadga erishish jarayonidagi bajariladigan vazifalar; 2) I.k. islohotlarning asosiy maqsadi va yo‘nalishi, uni amalga oshirish vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy g‘oyasi.
ISLOM BANKLARI — an’anaviy musulmon huquqlari prinsiplari asosida boshqariluvchi (shariat) va qariyb barcha bank operatsiyalarini bajaruvchi (depozitlar, ssudalar, hisoblar, akreditivlar va h.k.) kredit institutlari. Shariat Qur’onga asoslangan bo‘lib, bunga ko‘ra shaxsiy mehnat bilan vujudga kelmagan har qanday foyda, ayniqsa, foiz, “Riba” — nojo‘ya hisoblanadi.
ISLOM TARAQQIYOT BANKI (ITB) — 1975-yilda tashkil topgan bo‘lib, maqsadi a’zo-mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni kreditlash va savdo- sanoat kompaniyalari kapitallarini investitsiyalashdan iborat.
ISLOHOTLAR KONSTEPSTIYASI – ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy g‘oyasidir.
ISTANBUL FOND BIRJASI (IFB) (Istanbul Stock Exchange, ISE) - Turkiyada kapital bozorining tarixi Ottomon imperiyasi mavjud bo‘lgan vaqtga borib taqaladi. XX asrning 70- yillarida Turkiyada bank tangligi yuz berdi. Iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish uchun hukumat tomonidan qator me’yoriy hujjatlar, xususan qimmatli qog‘ozlar bozorining barcha ishtirokchilari faoliyatining qa’tiy reglamentlashiga asos solgan “Kapital bozori to‘g‘risida qonun” (1981 y.) ishlab chiqildi va qabul qilindi. 1983 yilda Kapital bozori to‘g‘risidagi qonunga Istanbul fond birjasining faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish bo‘yicha ilova qabul qilindi. IFBda datslabki savdolar 1986 - yilda o‘tkazildi. O‘sha vaqtda listingga 41 ta kompaniyaning aksiyalari kiritilgan bo‘lib, savdolarda 36 ta birja a’zosi ishtirok etdi. Kunlik aylanma 500 ming dollarni tashkil etgan. Hozirgi vaqtda Istanbul fond birjasi savdolarida 163 ta birja a’zosi ishtirok etib, kunlik aylanma korporativ bo‘yicha 2 mlrd. ga yaqinni tashkil qiladi. Istanbul fond birjasi – yarim davlat professional tashkilot bo‘lib, uning daromadlari bitimlarni amalga oshirganlik va listingdan o‘tganlik uchun o‘ndirilgan yig‘imlar hisobidan shakllanadi.
|
| |