|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 365/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)IXTIYORIY SUG‘URTA — tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta ixtiyoriy sug‘urta hisoblanadi.
IXTIYORIDA BO‘LGAN DAROMAD – barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad.
IZOKOSTA – umumiy qiymati bir xil bo‘lgan ikkita ishlab chiqarish omili sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq.
IZOKVANTA — har xil xarajatlarning uyg‘unlashuvini ifodalovchi chegara, bunda belgilangan mahsulot hajmi ishlab chiqarilishi mumkin.
ISH BILAN BANDLIK – bu iqtisodiy faol aholining qonun hujjatlariga muvofiq, daromad keltiradigan faoliyatga ega bo‘lishdir.
ISH BILAN BAND BO‘LGAN JAMI AHOLI – ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan qismi.
ISH BILAN SAMARALI BANDLIK - bu aholining ish bilan bandlikka ehtiyojining mavjud ish o‘rinlariga muvofiq kelishining sifat xususiyati bo‘lib, iqtisodiy nuqtai nazardan mehnat resurslaridan eng oqilona foydalanishni, ijtimoiy jihatdan mehnat faoliyatining inson manfaatlariga teng muvofiq kelishini bildiradi.
ISH BILAN TA`MINLASH – fuqorolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi yoki daromad keltiradigan faoliyat.
ISH FAOLLIGI SOLIG‘I — bir necha xorijiy mamlakatlarning (masalan, AQShda) soliqqa tortish amaliyotida qo‘llanilib, o‘z tarkibiga ikki elementni oladi: 1) korxonaning umumiy yillik aylanma mablag‘ini soliqqa tortish (odatda 1,0 foizdan 2,5 foizgacha); 2) ish haqi fondini soliqqa tortish.
ISH HAQI – 1) ishchi va xizmatchilarning mehnati miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan olinadigan ulushini puldagi ifodasidir; 2) I.h. — ish haqi tovar bo`lgan ish kuchi qiymati va bahosining o‘zgargan shaklidir. Ish haqi miqdoran ish kuchi qiymati va bahosiga teng bo‘ladi. I.h. - mehnatning natijasi emas, balki uning bir qismi zaruriy mehnat natijasi hisoblanadi. Mehnatning ikkinchi qismi qo‘shimcha mehnat bo‘lib, bu qo‘shimcha qiymat yaratadi. Qo‘shimcha qiymatni mulk egasi oladi; 3) I.h. yollanma mehnat sharoitida yangidan yaratilgan qiymatning qo‘shimcha mahsulot qiymatidan ortgan zarur mahsulot qiymati qismi, ya’ni ish kuchi qiymatining puldagi ifodasi. Budjet tashkilotlarida davlat budjetining ish haqiga ajratiladigan qismining taqsimlanishi natijasi; 4) I.h. - ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab yalpi milliy mahsulotdan olayotgan hissalarining puldagi ifodasi; 5) I.h. - ishchi kuchi egasining o‘z mehnati natijasi uchun oladigan haqi bo‘lib, ishchi kuchi sohibining tirikchilik vositalari narxini ifodalaydi; 6) I.h. - bu yollanma xodim daromadining elementi, unga tegishli ishchi kuchiga bo‘lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish shaklidir; 7) I.h. — xonadon xo‘jaligi a’zolari tomonidan bajarilgan ish uchun olinadigan pul mablag‘lari.
|
| |