|
ISTE’MOLCHIGA QARAB YO‘NALISHNI BELGILASH (ingl. Consumer orientation)
|
bet | 363/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISTE’MOLCHIGA QARAB YO‘NALISHNI BELGILASH (ingl. Consumer orientation) — chin dildan o‘z mijozlari va xaridorlarini uzoq muddat rivojlanish uchun asosiy poydevor deya hisoblovchi kompaniya ta’limoti. Bunday kompaniyada mijozlar talabnomalarini qanoatlantirish boshqaruv raisidan boshlab to farrosh xodimgacha rahbariyat va xodimlar uchun bosh motivatsiya sanaladi. Bu kabi kompaniyada butun faoliyat, jumladan, marketing raqobatli pozitsiyalashtirish, investitsiyalardan olinadigan foyda ko‘rsatkichlari, mahsulotni rivojlantirish va kompaniya o‘sishi ana shu konsepsiyada jamlangan va unga bog‘liq bo‘ladi.
ISTE’MOLCHILAR HUQUQINI MUHOFAZA ETISH - iste’molchilar manfaati va huquqini himoya qilish bo‘yicha davlatning ijtimoiy harakati va ma’muriy-huquqiy faoliyati. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda vujudga kelgan I.h.m.e. - ikkita yo‘nalishga ega: huquqiy va tashkiliy.
1985 - yilda BMT Bosh Assambleyasi iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishning rahbarlik prinsiplarini qabul qildi, bunda xalqaro faoliyatning asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Bularga quyidagilar kiradi: iste’molchilarning jismoniy xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, havfsizlik normalarini va iste’mol tovarlari va xizmatlari sifatini ishlab chiqish, iste’mol assotsiatsiyalari yoki kooperativlarini tuzishga ta’sir ko‘rsatish, iste’mol huquqlarini buzish natijasida keltirilgan zararni qoplash tadbirlarini ishlab chiqish.
ISTE’MOLCHILAR MATBUOTI — aholi odatda sotib oladigan va o‘qiydigan matbuot. Odatda iste’molbop matbuot bozori kuchli darajada segmentlangan bo‘ladi. Iste’molchilar keng va tor manfaatlari doiralari uchun mo‘ljallangan jurnallar mavjud. Masalan, butunlay ayollar uchun mo‘ljallangan matbuot segmenti mavjud. Bu segment ham o‘z navbatida kichik segmentlarga bo‘lingan: yolg‘iz yashovchi ayollar uchun, erga tekkan xonimlar uchun, yosh qizlar uchun, keksa ayollar uchun va hokazo. Mushtarak va umumiy manfaatlarga ega bo‘lgan iste’molchilar uchun jurnallar keng assortimenti mavjud.
|
| |