|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 366/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISH HAQI SOLIG‘I — yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan va xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadigan soliq.
ISH HAQI TIZIMI - haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan to‘g‘ri ishbay haq to‘lash, ishbay- mukofot, ishbay-progressiv kabi turlari. Ish haqini tabaqalashtirish, eng avvalo, davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi tarif-malaka ma’lumotlari va ish haqi koeffitsientlaridan iborat bo‘ladi.
ISH HAQI SHAKLLARI - ishbay (donabay) va vaqtbay. Mehnat natijalarini fizik o‘lchamlar vositasida o‘lchab to‘lanadigan ish haqi ishbay, vaqt vositasida o‘lchab to‘lanadigani esa vaqtbay ish haqi deyiladi.
ISH HAQIDAN USHLAB QOLISH – O‘zbekiston Respublikasi mehnat huquqiga asosan ma`muriyatning topshirig‘i bo‘yicha qonunda nazarda tutilgan hollardagina amalga oshiriladi, masalan: ish haqi hisobidan berilgan avans (bo‘nak)ni qaytarish uchun; Hisob- kitobdagi xatolar oqibatida ortiqcha to‘langan pulni qaytarish uchun; xodimning aybi bilan yetkazilgan zararni qoplash chog‘ida. Har bir ish haqini to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan mablag‘ning umumiy hajmi ish haqining 20 % dan, qonunlarda maxsus nazarda tutilgan ayrim hollarda yoki bir necha ijroiya hujjatlar bo‘yicha ushlab qolish chog‘ida esa – ish haqining 50 % dan oshmasligi kerak.
ISH HAQINING ADOLATLI TO‘LOVI - Bajarilgan ishning haqiqiy qiymatiga to‘g‘ri keluvchi va tayyor mahsulotning sotuv narxiga proporsional haq to‘lash darajasi.
ISH KUNI YOKI ISH VAQTI – inson mehnat qiladigan vaqt.
ISH KUCHI — 1) insonning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanadigan jismoniy va aqliy qobiliyatlar majmuasi. I.k. - jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblangan xodimlarning saviyasi va sifatini aks ettiradi. U mehnat faoliyatida mehnat ko‘nikmalarini to‘plash, umumiy, professional va maxsus ta’lim olish, malakani oshirish natijasida rivojlanadi. I.k. - ishlab chiqarishning shaxsiy omili hisoblanadi; 2) I.k.- kishilarning aqliy va jismoniy mehnat qila olish qobiliyatlari.
|
| |