|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 364/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISTE’MOLCHILARNI QANOATLANTIRISH — aslida iste’molbop tovarlar va xizmatlar bozorda iste’molchilarni qanoatlantirish maqsadida taklif etiladi. Iste’molchini qanoatlantirish maqsadidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing tadbirlari — ana shu xatti-harakatlar iste’molchi ehtiyojlarini yoki xohish-istaklarini qanoatlantirishga yo‘naltirilganligi yoki aksinchaligidan qat’i nazar iste’molchining aynan ushbu brendga sodiqligini saqlab turish usullaridan biridir. Har qanday marketing faoliyatining asosiy maqsadi iste’molchilarning uzoq davom etadigan sodiqligi va moyilligiga erishish sanaladi. Ana shu sodiqlik va moyillikni qay tariqa o‘lchash va baholash masalasi esa boshqa bir muammodir. Binobarin, buning uchun ham muayyan metodlar va usullar mavjud.
ISTE’MOLCHILARNING XARIDORLIK LAYOQATI — “iste’molchilar daromadlari” terminining boshqa bir varianti. Barcha majburiy to‘lovlar to‘lagandan va barcha majburiyatlarni bajargandan keyin iste’molchi ixtiyorida qoladigan pul mablag‘idir. Ana shunday majburiyatlar sirasiga daromad solig‘i, davlat sug‘urta yig‘imi, qarzlar, kreditlar, alimentlar va bolalarni boqishga nafaqalar to‘lash kiradi.
ISTIQBOL TAHLILI - korxonaning kelgusi faoliyatini oldindan o‘rganish sodir bo‘ladigan jarayonlarni oldindan belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlil.
ISTISNOLI LITSENZIYA — litsenziyaning texnologiyadan foydalanish monopol huquqi mavjudligini va litsenziyaning ushbu hududda patentlangan texnologiyalar, “nou-xau”lardan mustaqil foydalanish va ularni sotishni rad etganini nazarda tutuvchi litsenziya.
ISTISNOSIZ LITSENZIYA — litsenziyalarni ushbu hududda joylashgan boshqa litsenziyalarga ham taqdim etish huquqini qoldiruvchi litsenziya.
ITALIYA LIRASI (ital. iga, lot. Libra - funt) - 100 chantezimoga teng. U Italiya pul birligi, 1862 - yilda joriy etilgan.
IXTIRO — amaliy rejada eng muhim sanoat mulki turlaridan biri. I.- agarda u yangi hisoblansa, ixtiroviy darajaga ega va sanoatda qabul qilish mumkin bo‘lsa huquq jihatdan qo‘riqlanadi. I. muallifi deb o‘zining ijodiy mehnati bilan uni yaratgan fuqaro tan olinadi. I. huquqi davlat tomonidan qo‘riqlanadi va 20 yil davomida amal qiluvchi patent bilan tasdiqlanadi. I. foydalanish huquqi faqat patent egasiga tegishli. Patent davlat patenti tomonidan I. davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin beriladi.
|
| |