|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 372/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI – 1) hayotiy ne’matlarning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlardir; 2) I.ch.m. — hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol etishda kishilar o‘rtasida ro‘y beradigan ob’ektiv munosabatlar. I.ch.m.- ijtimoiy ishlab chiqarishning zaruriy tomoni hisoblanadi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlarning belgilovchi ta’siri ostida rivojlanadi va jamiyatning sotsial-iqtisodiy taraqqiyotiga olib keladi; 3) I.ch.m.- bu hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida ob’ektiv ravishda shakllanadigan munosabatlardir; 4) I.ch.m.- kishilarning yashash vositalarini yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan o‘zaro aloqalari.
ISHLAB CHIQARISH NATIJALARI - moddiy va ma’naviy ne’matlar hamda xizmatlardan iborat bo‘lib, ishlab chiqarishning oraliq, pirovard va umumiy natijalariga bo‘linadi. Oraliq natijalar biron bir firma uchun yakunlangan, ya’ni mahsulotga aylangan, ammo jamiyat uchun hali iste’molga noloyiq bo‘lgan va yana mehnat talab qiladigan natija. Pirovard natija mehnat predmetlarining iste’molga to‘la bo‘lgan natijasi. Umumiy natija esa oraliq va pirovard natijalarning yaxlitligi.
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI — 1) tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalanadigan ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari. Ish kuchi ishlab chiqarishning shaxsiy omili, ishlab chiqarish vositalari esa moddiy omili sifatida yuzaga chiqadi. Ularning o‘zaro ta’siri va rivojlanishi ob’ektiv jarayondir; 2) I.ch.o. – ishlab chiqarish imkoniyati va natijalariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi alohida muhim element yoki ob’ekt; 3) I.ch.o. – moddiy va shaxsiy omillar birligidan iborat. Moddiy omillar mehnat predmetlari, mehnat qurollari va hokazolar. Shaxsiy omil ish kuchi, kishilarning mehnat qila olish qobiliyati; 3) I.ch.o.- ishlab chiqarish resurslari. Ular tabiiy, ish kuchi, kapital va tadbirkorlik faoliyatidan iborat. Ish kuchi ishlab chiqarishning moddiy, qolganlari esa shaxsiy omilaridir.
|
| |