|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 380/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)ISHCHI KUCHI BANDLIGI - ish bilan ta’minlanganlarning umumiy ishchi kuchi sonidagi nisbati.
ISHCHI KUCHI QIYMATI — bu ishlovchining hayoti va mehnat qobiliyatini normal takror ishlab chiqarishni ta’minlovchi zarur tirikchilik vositalari va xizmatlari qiymatidan iborat.
ISHCHI KUCHINI TAKROR HOSIL QILISH – insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobilyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishni ta’minlash, qarigan ishchilar o‘rnini bosadigan yosh ishchilar avlodini yetishtirish demakdir.
ISHCHI KUCHI YOKI MEHNAT BOZORI – ishchi kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor.
ISHCHI KUCHINING XALQARO MIGRATSIYASI - ishchi kuchiga talab va taklif munosabatlarining turli mamlakatlar turlicha bo‘lishi tufayli mehnat resurslarining taklifi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan talab yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ko‘chib o‘tishi.
ISHCHILARNING PUL O‘TKAZMALARI — qabul qiluvchi mamlakat rezidenti (o‘zining immigratsiya maqomidan qat’iy nazar, ushbu mamlakatda bir yil yoki undan ortiq vaqt yashayotgan bo‘lsa) hisoblangan migrantning o‘z vataniga yuborayotgan xususiy transfertlari (natura yoki pul shaklida).
ICHKI BOZOR — barcha ishlab chiqarilgan va sotishga mo`ljallangan mahsulotlarni ichki bozorda sotishda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar sohasi.
ICHKI EMISSIYA - mamlakat ichkarisida pul va kredit vositalarini muomalaga chiqarish.
ICHKI FIRMA TRANSFERT BAHOSI — sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashda keng tarqalgan baholar turi. Ishlab chiqarish kooperatsiyasining rivojlanishi I.f.t.b. kengayishining ob’ektiv asosi hisoblanadi. I.f.t.b. dan foydalanish korxonalari, filiallari, firma bo‘limlari o‘zaro munosabatlari tijorat prinsiplari bilan taqozo etiladi. Ammo ushbu baholar to‘g‘risidagi ma’lumotlar cheklangan, tijorat siri hisoblanadi, ularning darajasi va nisbatlari ehtiyot qismlar sifatida yetkazib beriluvchi shunday mahsulot baholaridan katta farq qiladi. Transmilliy korporatsiyalari faoliyatini, ularni diversifikatsiyalashni ancha kengaytirish sharoitlarida I.f.t.b. roli xalqaro ayirboshlash vositasi sifatida oshib boradi.
|
| |