|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 388/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JAHON OLTIN BOZORI — oltin bilan xalqaro savdo qiluvchi markazlar, bu yerda oltinga bo‘lgan talab va taklif kontsentratsiya qilinadi va katta miqdorda savdo amalga oshiriladi. Ma’lum mamlakatda sanoat va zargarlar talabini qondiruvchi ichki va mahalliy oltin bozorlaridan farq qilib, J.o.b. da oltin boshqa mamlakatlarga va hududlarga chiqariladi. Hozirgi xalqaro oltin savdo mexanizmidan oldin 1968-71-yillarda amal qilgan “Ikki yarusli tizim” bo‘lgan. Ikki yarusli bozor erkin bozor narxi bo‘yicha xususiy savdodan oltin bilan xalqaro savdoni rasmiy baho bo‘yicha izolyatsiya qilish yo‘li bilan AQSh uchun eng foydali rasmiy bahoni saqlab qolishga harakat qilishdan iborat.
Hozirgi sharoitda J.o.b. ichida oborot hajmi bo‘yicha yetakchi o‘rinni London va Syurix bozorlari egallaydi. Ularda jahon kapitalistik mamlakatlarining asosiy oltin qazib oluvchisi bo‘lgan JAR (Janubiy Afrika Respublikasi) oltini sotiladi. Bu yerda sotiladigan metallning qariyb yarmi yana qayta sotish uchun boshqa oltin bozorlariga chiqariladi. London oltin bozori 5 ta firma tomonidan monopolizatsiya qilingan, ular oltin bozorining rasmiy a’zolari hisoblanadi va metallarni sotuvchi va sotib oluvchilar o‘rtasida vositachilik rolini o‘ynaydi. Syurixda oltin bilan bitimlarni Shveytsariyaning 3 gross-banklari amalga oshiradi. 80-yillarda J.o.b.da yetakchi o‘rinni Nyu-York egallaydi, bu yerda oltin birjasi 1973 yildan faoliyat qila boshladi. Oltin bilan xalqaro savdoning yangi shakli oltin auksionlari hisoblanadi.
JAHON OZIQ-OVQAT INQIROZI - bioyoqilg‘i ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi asosiy mamlakatlardagi tabiiy iqlimning noqulay kelishi sababli oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin o‘sib ketish sababli Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi.
JAHON OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI — butun dunyoda o‘sib borayotgan aholi ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatlarining mavjudligi.
JAHON PULI - 1) xalqaro miqyosida hamma uchun qo‘llaniladigan umumiy muomala va to‘lov vositasi, baynalminal qiymat ifodasi. M: ma’lum mazmundagi oltin yoki xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan milliy pul birligi; 2) J.p. — dunyo mamlakatlarining hammasi uchun umumiy to‘lov vositasi, umumiy sotib olish vositasi va boylikning umumiy timsoli sifatida faoliyat qiluvchi hamda internatsional qiymat ifodasi bo‘lgan pul. Oldinlari jahon puli rolini oltin yombilari bajargan, keyinchalik esa sotib olish quvvati baland bo‘lgan obro‘li valutalarga yuklatilgan (yevro, dollar va h.k.).
|
| |