|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 390/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JAHON TEXNOLOGIYALAR BOZORI — texnologik yechimlarning oldi-sotdisi bo‘yicha (litsenziyalar, nou-xau, loyihalar va hujjatlashtirishlar) muntazam tuzilmali operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro savdo sohasi. J.t.b. hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti roli bilan taqozo etiladigan jahon xo‘jalik ayirboshlashning dinamik oshib boruvchi sektori hisoblanadi. Har xil mamlakatlardagi ko‘plab yetakchi firmalar, xalqaro kompaniyalar va TNK J.t.b. sub’ektlaridir. tashkiliy aniqJ.t.b. ilmiy joriy qilish, tadqiqot va firmalari faoliyati bilan uzviy bog‘liq.
JAHON VALUTA TIZIMI - 1) jahon bozorining rivojlanishi asosida tarkib topgan va davlatlararo bitimlar bilan mustahkamlangan xalqaro pul-kredit munosabatlari; 2) J.v.t. turli mamlakatlar o‘rtasidagi valuta-kredit munosabatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi tizim.
JAHON XIZMATLAR BOZORI — ishlab chiqarish va iste’molga mo‘ljallangan xizmatlarning oldi -sotdisi bo‘yicha barqaror va tuzilmali operatsiyalarni xarakterlovchi xalqaro tovar ayirboshlashning muhim sohasi. Iste’mol qilinadigan xizmatlar, foydalaniladigan iqtisodiy vositalar, baholar xususiyatlari munosabati bilan ayirboshlash operatsiyalarining o‘ziga xos xususiyati bilan farq qiladi. Hozirgi vaqtda xizmatlar ayirboshlashga jahon savdosining qariyb uchdan bir qismi to‘g‘ri keladi. Uning asosiy ob’ektlaridan axborot va dastur vositalarini, injiniring, konsalting va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
JAHON XOM - ASHYOLAR VA YOQILG‘ILAR BOZORI — tovarlar oldi-sotdisi bo‘yicha muntazam operatsiyalarni amalga oshiruvchi tegishli tovarlar bilan xalqaro savdo qilish sohasi yoki markazi. Xom-ashyo va yoqilg‘i tovarlarining katta qismi tovar birjalari orqali realizatsiya qilinadi, bu J.x.a.yo.b. asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi.
JAHON XO‘JALIGI – 1) dunyoning barcha mamlakatlari milliy xo‘jaliklarini o‘zaro ta’sirini yig`indisi, jamiyat rivojlanishining ob’ektiv qonunlari, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligini o`sib borishi ularni yaxlitligini va amal qilishini belgilab beradi; 2) xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimi; 3) yaxlitlik xarakteri va faoliyat qilishi jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonunlari va milliy iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqlikda o‘sishi bilan belgilanadigan o‘zaro munosabatlardagi barcha jahon mamlakatlari milliy xo‘jaliklarining va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yig`indisi. J.x. qaror topishi ishlab chiqarish rivojlanishining qonuniyatlari, Xalqaro Ijtimoiy Mehnat Taqsimotining rivojlanishi, barcha yangi mamlakatlarning jami takror ishlab chiqarish jarayoniga tortilishi, jahon savdosi iqtisodiy o‘sishining eng muhim omillaridan biriga aylanishi, aholi va milliy xo‘jaliklarning har xil tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilishi bilan ob’ektiv .belgilab berilgan. J.x. XX asrning boshida tashkil topishi yakunlangan. Hozirgi vaqtdagi J.x. bir xil emas, unga ijtimoiy tuzilmasi, siyosiy qurilishi, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi, xarakteri, ko‘lami, shakllari va metodlari bilan farq qiluvchi xo‘jaliklar kiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mezonlaridan kelib chiqqan holda J.x. ni har xil guruh mamlakatlariga bo‘lish mumkin. Bular sanoatning rivojlanishi, iqtisodiyotning yuqori darajada boshqarilishi va tartibga solinishi, xo‘jaliklarning agrar xususiyati va h.k. bilan farq qiladi. Ushbu guruhlarning har bittasida yangi mintaqaviy iqtisodiy birlashmalar tarkib topgan va ular davom etmoqda. Mamlakatlarning o‘zlari iqtisodiy va fan-texnika potensiallari, sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish hajmlari, Xalqaro Mehnat Taqsimoti, tashqi savdo va boshqa tashqi iqtisodiy aloqa turlariga ishtirok etish darajasi, insoniyatning olamshumul muammolarini yechishga qo‘shgan hissasi bilan farqlanadi. Sanoat ishlab chiqarishida AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi o‘rin egallaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida katta iqtisodiy tabaqalanish yuz bermoqda. Hozirgi vaqtda ularni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga yangi industrial mamlakatlar (Braziliya, Meksika, Argentina, Janubiy Koreya, Gongkong, Tayvan, Singapur), ikkinchi guruhga Yaqin Sharq mamlakatlarini, uchinchi guruhga juda kam rivojlangan mamlakatlarni kiritish mumkin; 4) J.x. jahon mamlakatlari iqtisodiy aloqalarining shunday darajasiki, bunda har bir milliy iqtisodiyotning rivojlanishi ham o‘z ichki imkoniyatlariga, ham xalqaro aloqalarga bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar uzoq tarixga ega. Jahon xo‘jaligi esa kapitalizm paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Jahon xo‘jaligining iqtisodiy asosi xalqaro mehnat taqsimoti bilan birga mamlakatlararo bozor infratizilmasi rivoji bilan ham boq’liq; 5) J.x.— bir-biri bilan harakatchan ishlab chiqarish omillari orqali bog‘langan milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi.
|
| |