• JAHON TOVAR BOZORI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet389/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    JAHON SAVDO TASHKILOTI - xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi sohasida mamlakatlarning huquq, majburiyatlarini belgilab beruvchi ko‘p tomonlama savdo kelishuvi, yirik xalqaro savdo tashkiloti.
    JAHONDA SAVDONI YENGILLASHTIRISHNING XAVFSIZLIK STANDARTLARI - Dunyo miqyosida yuk-tovarlar harakati xalqaro tizmasi faoliyatini yengillashtiradigan va uning xavfsizligini oshiradigan standartlarni tayinlash; bunda ko‘proq aniqlikka va kelajakni ko‘ra bilishga erishish; barcha transport vositalarida yuk-tovarlar tashish xalqaro tizmasining kompleks boshqaruvini ta’minlash; bojxona xizmatlari roli, vazifalari va imkoniyatlarini 21-asr talab va imkoniyatlari darajasida mustahkamlash; turli bojxona idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori xavf-xatarga ega bo‘lgan xavf guruhi yuktovarlarni aniqlash yo‘lidagi imkoniyatlarini kengaytirish; bojxona tuzilmalari va ishbilarmonlar hamjamiyati orasidagi hamkorlikni mustahkamlash; yuk-tovarlar tashishning bexatar tizmasi bo‘ylab ularning beto‘xtov harakatiga ko‘maklashish kabilar.
    JAHON TOVAR BOZORI — uni nafaqat har qanday milliy bozordan, balki ularning arifmetik yig‘indisidan farqlovchi maxsus sifati faqat unga tegishli bo‘lgan xususiyatlarga egaligi. Ushbu farq qiluvchi sifat xususiyatlari J.t.b. ga nisbatan avtonomligi, uning nisbiy mustaqilligi, tovarning internatsional qiymatini tashkil etishning maxsus shart-sharoitlari bilan farqlanadi. Har qanday J.t.b. tashkil etish va rivojlanishning moddiy asosi Xalqaro Mehnat Taqsimotidir (XMT), milliy bozor esa mamlakat ichidagi Ijtimoiy Mehnat Taqsimotiga (IMT) asoslanadi. Ular o‘rtasida o‘zaro uzviy aloqa va o‘zaro taqozo etishlik ko‘zda tutilgan bo‘lsada, ammo XMT aniq harakati, uning tendensiyalari va rivojlanish yo‘nalishlari mamlakat ichidagi mehnat taqsimoti jarayonlaridan tubdan farq qiladi. Buning sababi — har qanday J.t.b. nisbiy mustaqilligi, jahon bozorining ma’lum nisbiy mustaqilligi faqat unga tegishli bo‘lgan dinamikasi va rivojlanish tuzilmasida, sotib oluvchilarning tovarga, uni ekspluatatsiya va servis shart-sharoitlariga nisbatan va qator boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha “unifikatsiyalashgan” juda yuqori kontsentratsiyalashuv darajasida namoyon bo‘ladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.