|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 392/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JAMIYATNING IQTISODIY TUZILMASI – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari tizimidir. Ishlab chiqaruvchi kuchlar ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositasi (mehnat vositasi va mehnat predmeti)dan iborat. Ishlab chiqarish munosabatlari esa mulkiy, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol munosabatlaridan tashkil topadi, bunda mulkiy munosabat hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
JAMIYATNING IQTISODIY RIVOJLANISHI — bu iqtisodiy o‘sish, iqtisodiyotdagi ijobiy tuzilmaviy o‘zgarishlar hamda aholining turmush sharoitlarini va yashash sifatining oshishini qamrab olgan ko‘p qirrali jarayondir.
JAMIYATNING MODDIY-TEXNIKA BAZASI – ishlab chiqaruvchi kuchlar ashyoviy elementlari, texnologik jarayonlari va ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari majmui. J.m.t.b. mazmunini belgilovchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning ashyoviy elementlari fan-texnika revolyutsiyasining muhim qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. J.m.t.b. ilmiy izlanishlari funksional va strukturaviy ikkita asosiy aspektni o‘z ichiga oladi. Funksional aspekt jamiyat taraqqiyoti shartsharoitlari tizimida moddiy-texnika bazasining ijtimoiy-iqtisodiy rolini xarakterlaydi. Tuzilmaviy aspekt ma’lum miqdoriy proporsiyalarda ishlab chiqarishning o‘zgarishlarini ifodalaydi. J.m.t.b. fan-texnika tarqqiyotiga xos qonuniyatlar va jamiyat tarqqiyotining iqtisodiy qonunlari asosida to‘xtovsiz takomillashib boradi.
JAMIYATNING SOF DAROMADI — jami ijtimoiy mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni chegirib tashlagandan qolgan qismi.
JAMLAMA INDEKS — ushbu kattalik, vaziyatni umumiy holatda tavsiflovchi turli statistik ko‘rsatkichlarni o‘zida jamlagan integral indeksdir. Bu jamlama indeks bo‘lib, uning negizida yotgan modelning asosida alohida ko‘rsatkichlarni yagona indeksga birlashtirish natijasida shakllantiriladi. Jamlama indeks yordamida bitta ko‘rsatkich bilan aks ettirish mumkin bo‘lmagan turli xil birlikka ega bo‘lgan miqdorlarni o‘lchash mumkin, masalan, kambag‘allik, raqobatbardoshlik, barqarorlik, bozorga integratsiya va h.k.
|
| |