• JAMG‘ARMA OMONATLARI
  • JAMG‘ARMA SERTIFIKATI (fr.)
  • JAMG‘ARMA HISOBI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet395/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    JAMG‘ARMA MARKALARI (lot.) — kichik jamg‘armalarni tashkil etish metodlaridan biri.
    JAMG‘ARMA MUASSASALARI (nem.) asosiy funksiyasi aholi omonatlarini jalb etishdan iborat bo‘lgan kredit muassasalarining tarqalgan turlaridan biri.
    JAMG‘ARMA OMONATLARI — jismoniy shaxslar tomonidan qoidaga ko‘ra o‘zi borib olgunga qadar banklarga va jamg‘arma muassasalariga saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari.
    JAMG‘ARMA OBLIGATSIYALARI (lot.) — davlatning nobozor qimmatli qog‘ozlar turi. Oldi-sotdiga tegishli emas; J.o. bo‘yicha qoplash faqat sotib oluvchi tomonidan amalga oshiriladi; ssuda bo‘yicha ta’minlash sifatida foydalana olmaydi.
    JAMG‘ARMA SERTIFIKATI (fr.) — uning asosida bank qarzlari tartibga solinadigan hisobkitob palatalari guvohnomasi; odatda unchalik katta bo‘lmagan ko‘pyurlar sifatida chiqariladigan kichik va o‘rta egalari o‘rtasida joylashtiriladigan davlat zayomlari obligatsiyalari turi; depozit olishga omonatchi huquqini tasdiqlovchi pul mablag‘larini depozitlash to‘g‘risida kredit muassasasining yozma guvohligi. Jamg‘arma banklari tomonidan chiqariladigan sertifikatlar aholi o‘rtasida tarqatiladi va uzoq muddatli jamg‘armalarni tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi. Tashqi savdo amaliyotida sertifikatlar - tegishli vakolatli organlar tomonidan beriladigan va tovarning sifati (sertifikat sifati), uning kelib chiqishi va h.k. tasdiqlovchi hujjatdir.
    JAMG‘ARMA HISOBI — aholi pullarini jamg‘arish uchun tayinlangan bank hisobi.
    JAMG‘ARMAGA QO‘SHILGAN MOYILLIK - shaxsiy daromad o‘sgan qismining jamg‘armaga sarflanadigan bo‘lagi.
    JAMG‘ARMALARinvestitsiya kapitali manbasi, bu korporatsiyalar, hukumat yoki ayrim fuqarolarning daromadlari ularning xarajatlaridan oshgan holatda vujudga keladi.
    JAMG‘ARISH — 1) yangidan hosil qilingan qiymat — milliy daromadning bir qismini ishlab chiqarishni kengaytirishga ajratilishi (sarflanish). J. ijtimoiy-iqtisodiy tabiati hukmron ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulk shakli bilan belgilanadi; 2) J. – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘planib borilishi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.