|
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN MAHALLIY SOLIQLAR
|
bet | 403/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN MAHALLIY SOLIQLAR — yer uchun to‘lovlar (yer solig‘i, yer uchun ijara haqi), reklama solig‘i, mahalliy yig`imlar (birjada amalga oshirilgan bitimlar bo‘yicha yig`im, mahalliy auksion va lotereya o‘yinlarini o‘tkazish huquqi uchun litsenziya yig`imi, savdo qilish huquqi uchun yig`im va boshqa maqsadli yig`imlar)dan iborat.
JIVNOSTEN BANKI - qadimiy Chexoslovakiya banki, 1868 - yilda ta’sis etilgan. Chexoslovakiya burjuaziyasida eng yirik Aksioner bank hisoblangan va eng qudratli moliya-sanoat guruhiga boshchilik qilgan. J.b. asosiy manfaati ogir sanoatga qaratilgan, yengil sanoatning ayrim sohalarida muhim operatsiyalarni amalga oshirgan, ingliz va nemis kapitali bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. 1945 - yilda J.b. natsionalizatsiya qilingan, 1950 - yilda uning vazifasining bir qismi Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasining Davlat bankiga berilgan. 1956 - yildan boshlab J.b. vaqtincha chet elda turgan chet el xususiy mijozlari va CHSSR Fuqarolariga xiz!mat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kredit muassasasi hisoblangan. Ayirboshlash, arbitraj, depozit va to‘lov operatsiyalarini bajaradi, chet el va milliy valutada hisoblar yuritadi.
JOBBER — tez qayta sotish uchun tovarlarning ayrim yirik partiyalarini sotib oluvchi firma.
JOINT VENCHUR — fan va texnika yutuqlarini sanoat bazasida qo‘llab, hamkorlikda ishlab chiqarish va tadbirkorlik olib borish to‘g‘risida kelishuv.
JON SOLIG‘I — har bir soliq to‘lovchidan teng summalarda olinadigan soliq.
JONLANISH — 1) ishlab chiqarish turkumining bir fazasi bo‘lib, uning boshlanishi ozmi-ko‘pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishga o‘tishini bildiradi. Ishlab chiqarish asta-sekin krizisdan ilgarigi darajasiga yetadi, baholar ko‘tariladi, foyda ko‘payib, ishsizlar soni kamayib boradi; 2) J. bu bosqichda ishlab chiqarish texnikasi yangilanadi, yangi xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishi boshlanadi; 3) J. iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi; 4) J. iqtisodiyotni siklli rivojlanishining inqirozdan keyingi fazasi bo‘lib, u ishlab chiqarish rivojlanishining avvalgi darajasigacha bo‘lgan o‘sishni ifodalaydi va bunda yuksalish fazasi uchun imkoniyat yaratiladi.
JONLI MEHNAT — ishlab chiqarish jarayonida kishi aqliy va jismoniy energiyasining maqsadga muvofiq sarflanishi. Tovar ishlab chiqarishda jonli mehnat bilan yangi qiymat yaratiladi (milliy daromad) va o‘tgan mehnat xarajatlarini tovarga o‘tkazadi.
JORIY BAHO - Joriy baho o‘quv jarayoni bilan bog‘liq baholashning uzluksiz shakllariga kiradi. U rasmiy xususiyatga ega emas va talabalar o‘z tajribalarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashida yordam berishga mo‘ljallangan. Yakuniy bahoga qarang.
|
| |