• 2. Chet elda tovarni yig‘ishni tashkil etishdan investitsiya kiritish usuli
  • 3. Qo‘shma korxonalar
  • 4.Chet eldagi firmalarni sotib olish
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish




    Download 0,64 Mb.
    bet399/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    1.To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish. Amaliyotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yangi ishlab chiqarish yoki mavjudini kengaytirish maqsadida ko‘proq tovarni yig‘uvchi korxonalar tashkil etishga kiritiladi. Bozorga kirib kelishdan oldin quyidagi axborotlarni: boshlang‘ich kapital hajmi, qaysi hudud va korxonaga, mustaqil yoki qo‘shimcha korxonaga, yangi bino qurilishi yoki eskisini moslashga va boshqalarni to‘playdi, tahlil qiladi.
    2. Chet elda tovarni yig‘ishni tashkil etishdan investitsiya kiritish usuli — tovarni asosan o‘sha mamlakat bozorida sotishga qaratiladi. Mazkur strategiya afzalliklariga kelganda, bojxona to‘lovlari kam, arzon ishchi kuchidan foydalanish, chet el mamlakat aholisi va rahbariyati oldida imijini ko‘tarish, bozorni sinchiklab o‘rganish orqali yana milliy bozorida yetishmayotgan tovarni ishlab chiqarishni boshlash.
    3. Qo‘shma korxonalar tashkil etish chet el bozoriga kirib kelishning eng qulay usulidir. Qo‘shma korxona xalqaro ishlab chiqarish va texnik hamkorlik shakli ham hisoblanadi. Kapitalni umumlashtiradi, qo‘shma mulk yaratadi, uni birgalikda boshqaradi, hamda qo‘shilgan ulushga nisbatan foyda taqsimlanadi. Biror mamlakatda ro‘yxatga olinadi, qo‘shma korxona amalda ishlab chiqarish va ilmiytexnik imkoniyatlarini birlashtiradi, natijada raqobatning oldini oladi.
    4.Chet eldagi firmalarni sotib olish orqali ularning bozoriga kirib borish, infratuzilmasidan, mijozlaridan, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslaridan foydalanilmaydi, chunki ular ko‘proq yangi tashkil etilayotgan korxonalarga beriladi.
    JENEVA KONVENSIYALARI (veksellar va cheklar) - 1930 va 1931-yillarda Jenevadagi konferensiyalarda tuzilgan va to‘lov oboroti veksellar va cheklarni qo‘llash tartibini belgilab beruvchi ko‘p tomonli xalqaro shartnomalar. Jeneva konferensiyasining asosiy maqsadi — ayrim mamlakatlarda o‘rnatilgan har xil huquqiy normalar bilan taqozo etiladigan veksel va chek qonunlarini unifikatsiyalash (bir xil shaklga keltirish) va xalqaro veksellar va cheklar muomalasidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishdan iborat.
    1930-yildagi Jeneva konferentsiyasi 3 ta veksel konventsiyasini ishlab chiqdi: pul o‘tkazish va oddiy veksellar to‘g‘risida ayrim ziddiyatli qonunlarni hal etishga yo‘naltirilgan konvensiya va nihoyat, pul o‘tkazish, oddiy veksellar xususida, gerb soliqlari to‘g‘risida konvensiya. Ammo 1930 yildagi Jeneva Konvensiyasi veksel qonunlarini to‘la unifikatsiyalashga erishish imkoniga ega bo‘lmadi. Chunki, Buyuk Britaniya, AQSh va Angliya — Amerika huquqidagi mamlakatlar J.k. ga qo‘shilmadilar. Bunga sabab, ushbu davlatlarning milliy veksel qonunchiligi ingliz tiliga asoslanar edi.
    1931 - yilda ham Jenevada 3 ta chek konvensiyasi imzolandi: bir xil chek qonunlari o‘rnatuvchi konvensiya, cheklar to‘g‘risida ayrim ziddiyatli qonunlarni hal etish xususidagi konvensiya va cheklar xususida gerb solig‘i to‘g‘risida konvensiya.
    JENK – 1) istemolchilar o‘rtasida bozori kasod, ammo savdogarlar uchun manfaatli hisoblangan ko‘p miqdorda keltirilgan sifati past xorijiy mahsulotlar; 2) ishonchsiz obligatsiyalar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish

    Download 0,64 Mb.