• JAMG‘ARISH KOEFFISIENTI
  • JAMG‘ARISHGA O‘RTACHA MOYILLIK
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet396/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    JAMG‘ARISH BANKLARI (fr.) — omonat kassalari va boshqa maxsus kredit institutlari bilan bir qatorda turli xil jamg‘arma muassasalari.
    JAMG‘ARISH FONDI – kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda sof mahsulotning jamg‘arilgan qismi, ya’ni ishlab chiqarish omillarini ko‘paytirish uchun foydalaniladi.
    JAMG‘ARISH KOEFFISIENTI — jamg‘arish miqdorini daromad miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadigan ko‘rsatkich.
    JAMG‘ARISH NORMASI — sarflanayotgan kapital qiymatining yalpi ichki mahsulotga nisbati.
    JAMG‘ARISHGA KEYINGI QO‘SHILGAN MOYILLIK – daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arish hajmining o‘zgarishi darajasi.
    JAMG‘ARISHGA MOYILLIK KOEFFISIENTI — bu jamg‘armaning jami xarajatlardagi hissasini bildiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, jamg‘armalarni xarajatlar (yoki daromadlar) miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi.
    JAMG‘ARISHGA O‘RTACHA MOYILLIK – shaxsiy daromadning jamg‘arishga ketadigan ulushi.
    JAMG‘ARISH NORMASI — jamg‘arma fondining milliy daromadga foizda ifodalangan nisbati. J.n. qo‘shimcha mahsulotning miqdoriga, iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlariga va jamg‘armaning samaradorligiga bog‘liq. Jamg‘arma me’yori fan-texnika taraqqiyoti negizida iqtisodiyotning yuqori sur’atlarini ta’minlash va xalq farovonligini yanada oshirishga yetarli darajada bo‘lishi lozim; 2) J.n. jamg‘arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
    JARAYONLI USUL – jarayonli (metallurgiya, to‘qimachilik kabi) ishlab chiqarishlarda xarajatlarni hisobga oluvchi tannarx aniqlash usuli.
    JIT” HISOB TIZIMI – mahsulotlarni yirik turkumlarda ishlab chiqarishdan voz kechish, buning o‘rniga uzluksiz, buyurtma olingan vaqtdan boshlab mahsulot ishlab chiqarish orqali ortiqcha xarajatlarni bartaraf qilish va korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanishga imkon beruvchi hisob yuritish tizimi.
    JARIMA – mulkiy jazo chorasining bir turi, shartnoma asosida yoki qonunga ko‘ra aybdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Shartnomaga ko‘ra jarima qo‘llash o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shartnoma ishtirokchisiga nisbatan shartnomada ko‘zda tutilgan miqdor hamda tartiblarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining hozir amalda bo‘lgan jinoyat kodeksida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganlik uchun ko‘pchilik hollarda jarima tariqasidagi jinoiy jazo qo‘llash nazarda tutilgan.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.