|
JAMG‘ARIB BORILADIGAN SUG‘URTA DASTURLARI
|
bet | 394/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JAMG‘ARIB BORILADIGAN SUG‘URTA DASTURLARI — investitsion dastak hisoblanib, bu turdagi dasturlar jamg‘arib borish va sug‘urtalash elementlarini o‘z ichiga oladi.
JAMG‘ARILADIGAN PENSIYA TIZIMI — iqtisodiy faol aholining ish joyi, mehnatga layoqati va daromadini yo‘qotish bilan bog‘liq turli hodisalardan ijtimoiy himoya qilish shaklidir.
JAMG‘ARMA – 1) aholi, firma va davlat joriy daromadlari bir qismini kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘plab borilishi; 2) J. — xonadon xo‘jaligi daromadlarining moliyaviy to‘lovlari va iste’mol xarajatlaridan ortib qolgan qismidir.
JAMG‘ARMA BANKI (fr.) — aholi omonatlarini akkumulyatsiya qilish va foydalanishga ixtisoslashgan moliya muassasasi. Shunday banklarning o‘ziga xos faoliyat qilishi har xil mamlakatlarda har xil. Birinchi marta tijorat banklari sifatida ishlovchi Aksioner banklar jamg‘arma hisobi va muddatli depozitlar tuzuvchi individual omonatchilarga xizmat qiladi va ko‘chmas mulkka uzoq muddatli mablag‘lar solishni amalga oshiradi. O‘z navbatida jamg‘arma banklari, ya’ni o‘rtoqlik omonat kassalari to‘langan o‘z kapitalisiz ishlaydi. Ular o‘z a’zolari rezervlariga ega va faqat uzoq muddatli omonatlarni qabul qiladi.
JAMG‘ARMA DEPOZITI (lot.) — foiz asosida ma’lum (muddatli J.d.) yoki noma’lum muddatga (muddatsiz J.d. jamg‘arma muassasasiga joylashtiriladigan pul summasi.
JAMG‘ARMA FONDI (lot.) — 1) milliy daromadning asosiy ishlab chiqarish fondlari va asosiy noishlab chiqarish fondlari, shuningdek oborot mablag‘lari va rezervlarni o‘stirish uchun foydalaniladigan qismi. J.f. kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning manbai va zarur shartidir; 2) J.f. yalpi milliy mahsulotning aholi, firma va davlat joriy daromadlarining iste’moldan ortgan qismining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida iste’mol qilinadigan qismi.
JAMG‘ARMA KVOTASI (lot.) — yillik jamg‘arma o‘sish summasining aholi pul daromadlari summasiga nisbati.
|
| |