|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 391/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JAHON ZAHIRA VALUTALARI – umumjahon miqyosida tan olinib, markaziy banklar tomonidan valuta zahiralari sifatida jamg‘ariluvchi valutalar. Ular investitsion aktiv vazifasini bajarib, valuta paritetini belgilash vositasi bo‘lib xizmat qiladi, zarur hollarda valuta interventsiyasini, shuningdek, markaziy banklar tomonidan xalqaro hisoblashuvlarni amalga oshirish vositasi sifatida foydalaniladi.
JAMI AKTIVLARNI RENTABELLIGI (MULK RENTABELLIGI) - korxonaning asosiy va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi darajasini ko‘rsatadi. U sof foydani jami aktivlarni o‘rtacha qiymatiga nisbati tariqasida aniqlanadi.
JAMI IJTIMOIY MAHSULOT — muayyan davr davomida jamiyatda hosil bo‘lgan barcha iste’mol qiymatlarining yig‘indisidan iborat. Jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida sarflangan mehnat bilan yaratiladi va uning tarkibiga turli-tuman moddiy va nomoddiy ne’matlar va xizmatlar kiradi.
JAMI TAKLIF – ishlab chiqarish va muayyan narx darajasida bozordan sotib olinishi mumkin bo‘lgan barcha tovar va xizmatlarning real hajmidir.
JAMI TALAB – uy xo‘jaligi, korxonalar, hukumat hamda xorijiy xaridorlarning tovar va xizmatlarga talabidir. Ya’ni iste’molchilar, korxonalar va davlat har qanday narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmidir.
JAMI TALAB EGRI CHIZIG‘I – narxlar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuchi chiziqdir.
JAMI TALAB VA TAKLIF O‘RTASIDAGI MUVOZANAT – talab bilan taklif muvozanat holatiga kelganda tovarlar sotilib ehtiyojlar qondiriladi. Resurslar tiklanib, ishlab chiqarish takrorlanadi.
JAMIYAT — tabiat rivojlanishining ma’lum bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi. Jamiyat har doim ma’lum ijtimoiy formatsiya shaklida yashaydi. Jamiyat taraqqiyotining asosini mehnat, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ularga mos keluvchi ishlab chiqarish munosabatlari tashkil etadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy va qonuniy jarayon hisoblanib, bunda bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya boshqasi bilan almashinib turadi.
JAMIYATLAR – xo‘jalik yoki tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yuridik shaxslarning, yuridik shaxslar bilan jismoniy shaxslarning o‘rtasida o‘z hissalarini va mol-mulklarini birlashtirish asosida o‘zaro ixtiyoriy kelishuvga ko‘ra tuziladigan korxonalar xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar hisoblanadi. Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar tadbirkorlikni amalga oshirish shakllaridan hisoblanib, quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
aksiyador jamiyatlar;
-mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar;
to‘liq va kommandit xo‘jalik shirkatlari.
Jamiyatlarning huquqiy mavqei ular haqidagi qonunlarda va o‘z ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
|
| |