|
JAMOA MULKI – 1) boylikni muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishi; 2) J.m
|
bet | 393/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JAMOA MULKI – 1) boylikni muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishi; 2) J.m. yashash vositalarining jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan iste’mol qilinadigan qismi; 3) boylikning muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishi.
JAMOA TADBIRKORLIGI – bu tadbirkorlikning alohida shakli bo‘lib, jamoa mulkiga asoslanadi va jamoa a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi.
JAMOATCHILIK BILAN ALOQALAR — yevropalik nazariyotchi va amaliyotchilar jamoatchilik bilan aloqalar istilohi va tushunchasiga shunday ta’rif berishgan: “Tashkilot va keng xalq ommasi o‘rtasida yaxshi munosabat va o‘zaro bir-birini tushunishni yo‘lga qo‘yish va saqlab turishga qaratilgan faoliyatni doimiy asosda rejalashtirib borishdir”.
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida Meksika mamlakatida o‘tkazilgan konferensiyada bir necha kun davom etgan muhokamadan keyin boshqa bir ta’rif ushbu terminga munosib ko‘rildi, chunonchi: “Jamoatchilik bilan aloqalar — tashkilot va jamoatchilik manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan tendensiyalar tahlili, ularning oqibatlarini prognozlash, tashkilotlar yo‘lboshchilariga tavsiyalar berish va rejalashtirilgan harakat va tadbirlarni amalga oshirish san’ati hamda ijtimoiy fandir”.
Jamoatchilik bilan aloqalar maqsadi, mohiyati e’tibori bilan keng xalq ommasiga tashkilot aslida qanaqaligi va u nima bilan shug‘ullanishini bilishi va tushunishi uchun ma’rifat tarqatish hamda tushuntirish ishlarini amalga oshirishdir. Garchi, jamoatchilik bilan aloqalar o‘z-o‘zicha marketing kommunikatsiyalaridan biri sanalmasa-da, u marketing kommunikatsiyasida foydalaniladigan muhim bir vositadir. Maqsadli auditoriyaga munosabat masalasidagi bosh vazifa — munosabatni o‘zgartirish va yangilashdir, chunonchi:
loqaydlikdan — qiziquvchanlik va manfaatga;
dushmanlikdan — bajonidil ma’qullashga;
to‘porilik va omilikni — bilimlar va bilimdonlikka;
bepisandlikni — maqbul ko‘rish va qabul qilishga.
Jamoatchilik bilan aloqalar uchun uchta asosiy “keng xalq ommasi auditoriyasi” mavjud bo‘lib, ular asosiy, so‘nggi va ichki auditoriyalarga ajratiladi.
Asosiy ommaga quyidagilar kiradi, jumladan:
muharrirlar yoki bosh muharrirlar;
maqola mualliflari;
jurnalistlar;
noshirlar;
reportyorlar;
teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar dasturlari prodyusserlari va muharrirlari;
ommaviy axborot vositalari muassislari yoki sohiblari.
Pirovard ommaga quyidagilar mansub, chunonchi:
akademiklar;
bolalar;
davlat xizmatchilari;
raqobatchilar;
mijozlar va iste’molchilar;
distribyutorlar;
pirovard foydalanuvchilar;
moliya muassasalari;
keng omma;
hokimiyat:
milliy, mintaqaviy va xorijiy;
sog‘liqni saqlash sohasi xizmatchilari va xodimlari;
xalqaro maslahatchilar;
kapital mablag‘ sarflash sohasidagi analitik
iqtisodiyotchilar;
investorlar;
jamoatchilik fikrini shakllantiradigan hal qiluvchi shaxslar;
qonun chiqaruvchilar;
mahalliy jamoalar;
tibbiyot hodimlari;
pul bozori;
norasmiy yo‘lboshchilar, darg‘alar, liderlar;
parlament a’zolari;
siyosatdonlar;
potensial yollanma ishchilar;
savdo vositachilari;
chakana sotuvchilar;
aksiyadorlar;
fond birjalari;
talabalar;
mahsulot yetkazib beruvchilar;
o‘qituvchilar;
aktyorlar;
tarmoq birlashmalari;
kasaba uyushmalari;
ulgurji sotuvchilar.
Ichki ommaga quyidagilar kiradi, chunonchi:
sherik va hamkor kompaniyalar;
yollanma xodimlar;
rahbariyat;
yangi yollanma ishchilar va xodimlar;
chet ellik hamkorlar;
aksiyadorlar;
kasaba uyushmalari.
Jamoatchilik bilan aloqalar vositalari quyidagilardan iborat, jumladan:
arxiv materiallari;
kompaniya gazetalari;
raqobat, raqobatdoshlik va yutuqlarni olish;
televideniya va radio uchun hujjatli materiallar;
ishlab chiqarish inshootlariga mehmonlar tashrifi;
dolzarb masalalar yuzasidan bosma nashrlardagi maqolalar;
firma jurnallari, ichki va tashqi jurnallar;
OAV namoyandalari uchun rasmiy tushlik;
OAV vakillarini qabul qilish;
press-konferensiyalar va matbuot anjumanlari;
axborot byulletenlari;
bosma va elektron ko‘rinishdagi pressrelizlar;
ochiq eshiklar kun(lar)i;
jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha tantanali marosimlar va tadbirlar;
maqolalarga imzo qo‘yish;
Internet.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
JAMOA MULKI – 1) boylikni muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishi; 2) J.m
|