|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 387/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)JAHON MOLIYA BOZORI — mamlakatlar o‘rtasida kapital resurslarini jamlash va taqsimlashni ta’minlab beruvchi bozor munosabatlari yig‘indisi.
JAHON MOLIYA INSTITUTLARI – jahon moliyaviy va iqtisodiy tizimi barqarorligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayonlarni tartibga solish, muvofiqlashtirish bo‘yicha choratadbirlarni ishlab chiquvchi, turli vosita va yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlovchi va tavsiyalar beruvchi xalqaro va milliy moliyaviy tashkilotlar.
JAHON MOLIYA MARKAZLARI — xalqaro valuta va kredit operatsiyalarini, oltin, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa aktivlar bilan bitimlarni amalga oshiruvchi banklar va boshqa kredit-moliya institutlarining to‘plangan markazlari. Tarixan ssuda kapitali milliy bozorlarning rivojlanish bazasida vujudga kelgan. 20-asrning boshida asosiy kapital eksportyorlari Angliya, Fransiya va AQSh bo‘lgan va eng yirik J.m.m. London, Parij va Nyu-York hisoblangan.
Hozirgi sharoitda eng yirik J.m.m. ssuda kapitali milliy bozorlarini baynalminallashtirish bazasida tashkil topgan kapitalistik mamlakatlarning Nyu-York, London, Parij, Tokio va boshqa shaharlari hisoblanadi, ular orqali xalqaro kapital migratsiyasining asosiy qismi amalga oshiriladi. 60-70-yillarda yangi J.m.m. markazlari tashkil topdi, bularga Lyuksemburg, Singapur, Gonkong (Syangan) va boshqa zona va hududlarni kiritish mumkin. J.m.m. atributlari kapitalni kontsentratsiyalash, kredit moliya muassasalari tuzulmasini rivojlantirishdan iborat, ular orqali xalqaro kredit-moliya operatsiyalari, ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun valuta va soliq rejimi, jahonning har xil rayonlarida mijozlar va boshqa moliya markazlari bilan aloqa tizimini o‘rnatish amalga oshiriladi.
JAHON MOLIYA-VALUTA TIZIMI – xalqaro valuta va moliyaviy munosabatlarning davlatlararo bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli, xalqaro miqyosda xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI – 1) bu jahonning deyarli barcha mamlakatlarida moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va nisbatlarning keskin izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik holatlarining vujudga kelishi; 2) Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyo mamlakatlarida moliyaviy va iqtisodiy tushkunlik holatining mavjudligi.
|
| |