• JAHON BOZORINI XALQARO TARTIBGA SOLISH
  • JAHON BOZORIDAGI XIZMATLAR
  • JAHON BOZORINING XUSUSIYATLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet384/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    JAHON BOZORI KON’YUNKTURASI – 1) jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o‘zgarish tendentsiyalari; 2) J.b.k. muayyan davriy va geografik miqyosda qator omillar ta’sirida vujudga keladigan bozorning aniq holati.
    JAHON BOZORINI XALQARO TARTIBGA SOLISH - jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg‘unlashtirish, keyin esa davlatlararo va xaqaro tashkilotlar tuzish yo‘li bilan boshlangan. Dastlabki xalqaro tashkilotlar 20- yillarda (Millatlar ligasi, Xalqaro hisob-kitoblar banki) tuzilgan bo‘lsada, xalqaro darajada jahon xo‘jaligi aloqalarini ko‘p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin (Xalqaro valuta fondi, Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki, Tariflar bo‘yicha bosh kelishuv, Yevropa iqtisodiy hamkorligi, Xalqaro valuta fondi) shakllana boshladi.
    JAHON BOZORIDAGI XIZMATLAR - bu ustun darajada singdirilgan shaklda bo‘lmagan va tashqi bozorga tushuvchi iste’mol qiymatlari. O‘z majmuida ular jahon bozori xizmatlarini hosil qiladi, u eng tor bozorlarga bo‘linadi — litsenziyalar va nau-xau, injenerlik konsultatsiya xizmatlari, transport, bank sayyodlik va boshqa xizmatlar turlari. J.b.x. odatda transport, aloqa, savdo, moddiytexnika ta’minoti, maishiy, uy-joy va kommunal xizmatlar, umumiy ovqatlanish, mehmonxona xo‘jaligi, sayyohlik moliyaviy, sug‘urta xizmatlari, moliya, fan, maorif, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda axborot-hisoblash, injenerlik konsultatsiya, yuridik birja va vositachilik xizmatlari, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar, uskunalarni ijaraga olish, bozorni o‘rganish bo‘yicha xizmatlar, marketing faoliyatini tashkil etish, reklama, sifatni nazorat qilish, sotishdan keyingi servis va h.k.ni o‘z ichiga oladi.
    JAHON BOZORINING XUSUSIYATLARI - quyidagicha: 1) jahon bozorida milliy bozorlarga nisbatan iqtisodiy resurslarning harakatchanligi sustroq bo‘ladi; 2) turli mamlakatlarning turli valutalardan foydalanishi ular o‘rtasidagi savdoni amalga oshuvida muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi; 3) siyosiy aralashuv va turli nazoratlar ham tashqi savdoga rivojiga salbiy ta’sir etadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.